Ikki yarim yaşar bolani urib öldirgan Milliy gvardiya xodimi 19 yilga «kesildi»

Ikki yarim yaşar bolani urib öldirgan Milliy gvardiya xodimi 19 yilga «kesildi»

Samirning zuvalasi qorilgandayoq otasi taşlab ketgandi. Şarʼiy nikoh asosida turmuşga çiqqan onasi qappaygan qorni bilan qolaverdi. Turli malomat-u miş-mişlarga qaramay, ona baribir uni dunyoga keltirdi.

Toşkent viloyatining poytaxtga yaqin tumanidan bölgan ona-bola ikki yilça goh u qarindoşi, goh bu qarindoşinikida yaşadi. Söng poytaxtga köçib, ona ofitsiantlik qilişga tuşdi, biroq topgani ijara haqi va enaga pulidan ortmadi. Samirning otasidan aliment undiray desa, buning bir dunyo dahmazasi bor ekan: avval otalik faktini tasdiqlatib, söng bola taʼminoti uçun daʼvo qözğaşi mumkinligi tuşuntirildiki, şundoğam ahvoli tang ayolda sudma-sud yurişga imkon qayda?!

Bola ikki yoşdan ötganda onasi rizqini Turkiyadan qidirişga qaror qildi. Samirni avval taniş enagaga (oyiga maʼlum haq evaziga) qoldirdi. Enaga bir-ikki oy qaragaç, orada örinli sabab çiqib, uzrini aytdi. Şundan söng ona tuğişgan opasiga sim qoqdi: jiyaningga özing qarasang enaga puli begona bölmasdi...

Opaning özi jöjabirday jon, oilasi bilan ijarada yaşaydi. Eri — Milliy gvardiya xodimi, maoşi çakkimas, ammo baraka yöq. Uçta bolasi qatori Samirni ham qaramoğiga olsa, singlisi beradigan pul ilma-teşik rözğorning bittasiga yamoq bölarmidi?!

Ayni şu omil tabiati öta oğir erining roziligini olişda muhim omil bölgani bor gap...

Xullas, Samir xolasinikida yaşay boşladi. Murğak joni şu xonadonda uzilişini qaydan bilibdi, şörlik?!

Xolasining eri Yomon (albatta, bu şartli nom, maqoladagi ism-şariflar özgartirilmoqda, «xolasining eri»ni «Yomon» ataşimiz boisiki, unga sof özbekça ismni ravo körgimiz kelmadi, rosti!), darhaqiqat, ismi-jismiga monand ekan. Ulfatçilikni öta xuş köradigan Yomon içgan kuni xonadonida qiyomat qöpardi. Mast payti qildan qiyiq topib, xotinini döpposlar, bunday janjallardan bolalarining ruhiyati allaqaçon lat yeb bölgandi. Samir ham qörqqanidan bir gal iştonini höl qilib qöyadigan darajaga yetdi. Bu esa içvolganda şu gödak köziga balodek körinadigan Yomon uçun tayyor bahona bölardi deng. Birinçisidayoq u Samirning «bulbulçasi»ni siqib uşlab, oşpiçoqni öynatib dedi: «Yana iştoningga siyib qöysang... kesvoraman!». Öşanda xolasi uni erining çangalidan yulqib olgandi, ammo Yomon «tarbiya»ga şu qadar berilib ketganidan piçoqning uçi bola aʼzosining bir çetini tilib ketadi...

Şundan keyin Samir nafaqat Yomon içib kelgan payt, balki ovozini eşitgandayoq iştonini höllab qöyadigan böldi. Va har safar kaltak ostida qolardi. Şunday «tarbiyaviy soatlar»ning birida Yomon bolani qiynab, yelkalarini tişlab-tişlab olsami?! Tiş izlarini xolasi uni çömiltirayotganda körib qoladi. Biroq «miq» etmaydi, etolmaydi. Kaltak tagida qolişi aniq-da... 

Şu yilning yanvar oyida Yomon yana içib keldi. Şu darajada mast ediki, ijarada yaşaydigan köp qavatli uy yölakçasidagi eşik kodini eslolmadi hatto. Xotinini baqirib çaqirar ekan, yetti puştisini avra-astarini ağdargan köyi yölak eşigini oçişini aytdi. Xotini birinçi qavatga tuşib, eşikni oçgani hamono er odatdagidek bilak kuçiga zör berdi. Ayol köçaga qarab qoçadi... Ammo qayoqqayam borardi?! Eri uyga kirib, bir baloni boşlaşidan çöçigan ayol yaqin örtada özlari ijarada turgan xonadon egalariga borib, Yomonni insofga çaqirib qöyişlarini söradi.

Birovning pand-nasihati mast odamga taʼsir qilarmidi?! «Xozayin»lar ketgaç, Yomon battar quturdi, alamini karrasiga olişga tuşdi. Ayol qoçib içkariga xonaga kirvolgaç, Yomon Samirga taşlandi. Yana iştonini höl qilib qöygani bahona böldi-yu gödakni yotqizvolib, duç kelgan joyiga uraverdi, tepaverdi...

Bu orada bolani erining çangalidan qutqarmoqçi bölgan ayol unga qöşilib kaltak yedi...

...Keçasi bilan dong qotib uxlagan Yomon ertalab xotinidan Samir ölib qolganini bildi. Şundayam sir boy bermay tayinlaydiki, bola zinadan yiqilib tuşişi oqibatida tili tortilib öldi, deysan, xöpmi? Agar aytganimni qilmasang...

Yomon işga, ayoli jonsiz Samirni kötarib qişloğiga ketdi. Borib qaynonasiga voqeani aytdi. Qaynona ham öğlining gapni qaytardi: bolani tili tortilib ölgan demasang, uyimiz kuyadi, kelin....

Murdani kömiş uçun ölim guvohnomasi kerak, bu esa şifokordan bir parça hujjat talab qiladi. Qaçonki murdani qişloq feldşeri körib, «tili tortilib ölganiga» şubha qilganidan söng yopilayotgan qozonning bir uçi xiyol oçildi. Bundan huşyor tortgan Samirning buvisi (ona tomonidan) içki işlar organiga qönğiroq qiladi. Vaziyatga organ xodimlari aralaşgaç, gödakning murdasi ekspertizaga yuborildi. Ekspertlar esa bola tili tortilib emas, yetkazilgan tan jarohatlari oqibatida vafot etganini tasdiqladi...

...Yozganlarimizda zarraça mubolağa yöq. Hammasi sud hukmida qayd qilingan va isbotini topgan holatlar. Bayonda biroz badiiy böyoqlardan foydalanildi, xolos. Tağinam jinoyat tafsilotlariga atrofliça töxtanilgani yöq, rosti, hukmni öqigan unça-munça odam «dod!» devorişi heç gapmas. Işni körib çiqqan jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi raisi örinbosari Akbarali Turabov bejiz taʼkidlagani yöq: sudlanuvçi Jinoyat kodeksining ikkita — 97-modda 2-qismining «v,j» bandlari (ojiz ahvoldagi şaxsni öta şafqatsizlik bilan öldiriş) hamda 110-modda 2-qismining «a,v» bandlari (voyaga yetmagan bolani muttasil ravişda qiynab, döpposlaş) bilan ayblanganining özi hamma-hammasini aytib turibdi. Ayblovlar sudda tasdiğini topgani bois ham sudlanuvçi 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Jazo öz yöliga. Biroq öta tuşunarsiz holatki, bunday vahşiytabiat kimsa Milliy gvardiyaga qanday kirib qolgan? Bu dargoh duç kelganni işga olavermaydi. Talabgorning böy-basti, jismoniy holati muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq asosiy eʼtiborni jismoniy holatga qaratavermay, talabgorning dunyoqaraşi, ayniqsa, ruhiy holatini ham jiddiy taftiş qiliş kerakka öxşaydi. Jamiyat va fuqarolar tinçlik-osoyiştaligi uçun masʼul organ xodimi jismonan tetik bölişi barobarida ruhan xotirjam ham bölişi kerak. Şundagina öttizga tölmay qotilga aylangan Yomonlarning bu organga hatto «adaşib kirib qolişi»ning oldi olinişi mumkin.

Darvoqe, Samir...

Gödaklar masʼum (gunohlardan pok) böladi, demakki, ularni fariştaga qiyoslaşda mubolağa yöq. Samir ham Xudoning hali hur bandasi edi. Ikki yarim yilgina umr körgan gödak xörlikdan ölim topdi, biroq baribir hurligiça ketdi!..

Köngilga beradigan ğarib taskin şu.

×