Andijonda qizining nomusiga tekkan yigitni öldirgan ota 12 yilga “kesildi”

Joriy yilning 1 noyabr kuni Andijon viloyati Jalaquduq tuman jinoyat işlari böyiça sudida qizi bilan jinsiy aloqa qilgan yigitni öldirgan Ş.A.ga hukm öqildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov maʼlumot berdi.

Sud hukmida aytilişiça, Andijon şahrida yaşovçi Ş.I. 2020 yilning 20 noyabr kuni Ş.A.ning özi bilan oldindan taniş bölgan 18 yaşar qizi M.F. bilan jinsiy aloqada bölgan.

Şundan söng qizning otasi yigitning yaqinlari bilan qizini mahalla oldida töy qilib, yuzini yoruğ qilib olib çiqib ketiş xaqida kelişib olgan. Lekin oradan bir neça oylar ötgan bölsa-da, Ş.I.ni uyidagilar sovçi bölib kelmagan. Yigit aslida toğasi qaramoğida bölgan. Negaki uning otasi oilani taşlab ketgan, onasi esa köp yillardan beri Rossiyada bölgan.

Bu ham yetmaganidek, Ş.I. qizni urib közlarini kökartirib uyga kirgazib yuborganidan xabardor bölgan ota qattiq ğazablanib, qiziga yigitni uyga çaqirişini, u bilan töy haqida gaplaşib olişini aytgan.

Joriy yilning 17 may kuni soat 17:40 atrofida yigit qizning uyiga kelgan. Ota yigitdan qizini nima sababdan urganini söraganida, u qizni boşqa bir yigit bilan telefonda gaplaşgani sababli urganini aytgan. Keyin esa ota Ş.I.dan qaçon töy qilib, qizini nikohiga olişini söragan.

Yigit töy qiliş uçun puli yöqligini, qiziga uylanolmasligini, qizi bilan jinsiy aloqada bölgan holatni telefoniga tasvirga olganini, videotasvirni internetga çiqarib, uni va oilasini şarmanda qilib, mahallada yura olmaydigan qilib yuborişini aytib pöpisa qilganida, ota ğazablanib, uni gaplaridan özini tuta olmasdan, stol ustida turgan çinni çoynakni olib, Ş.I.ning yuz qismiga urgan. Yigitning yuzasi qonay boşlagan.

Şundan söng uning yuziga çap va öng qöli bilan bir neça marotaba zarba berib, hunarmandçilik piçoği bilan tanasining turli qismlariga yengil tan jarohati yetkazgan. Yigit yotib qolganida, ota taşqaridan sim olib kirib uni böynidan böğib öldirgan.

Sud hukmiga köra, Ş.A. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni ötaş muddati 2021 yil 18 may kunidan boşlab hisoblanişi va umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.

×