Joriy yilning 1 noyabr kuni Farğona viloyatida “Jiguli” va Nexia-2 iştirokida yöl transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda tört kişi vafot etdi va 3 kişi jarohatlandi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea soat 22:00 atrofida viloyatning Furqat tumani Qöqonboy qişloği hududidan ötuvçi A-376 Qöqon–Jizzax avtomobil yölining 10-kilometrida sodir bölgan. 29 yoşli N.D. boşqaruvidagi Nexia-2 avtomobili qarama-qarşi yönalişga çiqib, 36 yoşli Yu.M. boşqaruvidagi VAZ-2105 (“Jiguli”) avtomobili bilan töqnaşgan.

Oqibatda Nexia-2 haydovçisi N.D. va yölovçisi R.O. tan jarohati olib, hodisa joyida, yana ikki yölovçi – R.K. va M.Ğ. esa şifoxonada vafot etgan. VAZ-2105 avtomobili haydovçisi va ikki nafar yölovçi Furqat tumani şifoxonasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.










