Keça, 16 iyul kuni Namangan viloyatida tört kişining ölimiga sabab bölgan ikkita mudhiş yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabar tarqatdi.
Maʼlum bölişiça, viloyatining soat 10:00larda Töraqörğon tumanida yaşagan 42 yoşli A.R. boşqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomaşinasini Şoxidon mahalla hududidan ötuvçi Farğona halqa yölida haydab ketayotib, qarama-qarşi tomondan harakatlanib kelayotgan 30 yoşli R.A.boşqaruvidagi “Captiva” rusumli avtomaşinasi bilan töqnaşuv sodir etgan.
Natijada “Nexia” avtomaşinasi haydovçisi va uning yölovçi sifatida ketayotgan 36 yoşli ukasi A.R.lar jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar, hamda yana bir yölovçisi 37 yoşli T.R. ismli ayol kasalxonaga yotqizilgan.
Ikkinçi YTH soat 20:20da Farğona halqa yölida röy bergan. 28 yoşli I.P. boşqaruvidagi “M-412” rusumli avtomaşinasini haydab ketayotib, qarama-qarşi tomondan harakatlanib kelayotgan 68 yoşli N.A. boşqaruvidagi “Tico” rusumli avtomaşina bilan töqnaşib ketgan.
Natijada “Tico” avtomaşinasi haydovçisi jarohat olib voqea joyida va uning yölovçisi 67 yoşli M.M. kasalxonada vafot etgan. Şuningdek, yana 2 nafar yölovçilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.
Har ikkala YTH yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









