2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi” loyihasida viloyatlar markazlarida “Damas” rusumli yengil avtomobillar faoliyat körsatuvçi yönalişlarni bosqiçma-bosqiç avtobus va mikroavtobuslar bilan almaştirilişi nazarda tutilgan (http://2022-2026.strategy.uz/ddastur.php).
Loyihaga köra, yölovçi taşiş transporti tizimini tubdan takomillaştiriş Dasturi loyihasi işlab çiqiladi. Unga köra, quyidagi vazifalarni amalga oşiriş belgilangan:
- aholi punktlarning jamoat transport bilan qamrovini 95 foizga yetkaziş;
- örta va yirik şaharlarda jamoat transportidan foydalaniş uluşini 22 foizdan 35 foizga oşiriş;
- viloyat markazlarida “Damas” rusumli yengil avtomobillar faoliyat körsatuvçi yönalişlarni bosqiçma-bosqiç avtobus va mikroavtobuslar bilan almaştiriş;
- 52ta avtostantsiya quriş hamda 29tasini rekonstruktsiya qiliş;
- 278ta yangi avtobus yönalişlari oçiş;
- 60ta yangi şaharlararo avtobus yönalişlarini taşkil etiş;
- avtobus haydovçilarining mehnat va dam oliş rejimiga rioya etilişi ustidan nazorat tizimini takomillaştiriş;
muntazam yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subʼektlari uçun yangi avtobus va mikroavtobuslarni olib kirişda yoki mahalliy işlab çiqaruvçidan xarid qilişda qöşilgan qiymat soliğini foizsiz va uning tölanişini taʼminlaş talab etilmagan holda keçiktirib (bölib-bölib) tölaş tizimini joriy etiş.









