30 apreldan boşlab Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan karantin çeklovlari yumşatildi.
Xususan, fuqarolarga iş joyiga borib kelişi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinçi navbatda zarur bölgan mahsulotlarni xarid qiliş uçun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda 17:00 dan 20:00 ga qadarbarça turdagi şaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari maxsus ruxsatnomasiz harakatlanişga ruxsat berildi.
Içki işlar vazirligi matbuot xizmatining "Gazeta.uz" ga tasdiqlagan maʼlumotga köra, çeklovlar yumşatilişi taksi xizmatlariga ham taalluqli. Bunda IIV taksi xizmatlarini karantin tadbirlariga qatʼiy rioya qilgan holda va kunning maʼlum vaqtlarida öz faoliyatini qayta tiklaşga çaqiradi.









