“PSJ” hujumçisi Kilian Mbappe frantsuz klubi bilan Çempionlar ligasida ğalaba qozoniş istagi borligini maʼlum qildi.
“Biz keyingi öyinga har tomonlama tayyor bölişimiz kerak. Vaqt keldi. Bu mavsumning eng muhim qismi. Jamoamiz bilan oldinga qadam taşlamoqçimiz. Çempionlar ligasi finaliga çiqqanimizga ham ikki yil böldi. Bu safar mazkur turnirda ğalaba qozonişni istaymiz".
Eslatib ötamiz, Mbappe 2017 yilda “Monako” klubidan “PSJ” safiga ötgan edi. Hujumçining parijliklar bilan amaldagi şartnomasi 2021/2022 yilgi mavsum oxirigaça möljallangan.
Joriy mavsumda Mbappe Frantsiya çempionatining 17 ta öyinida qatnaşib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oşirdi. Şuningdek, futbolçi UEFA Çempionlar ligasining oltita öyinida 4 ta gol va Frantsiya kubogi doirasidagi ikkita öyinda 5 ta gol urdi.
Maʼlumot örnida: Yervopa çempionlar ligasining 1/8 finalida parijliklar Madridning “Real" klubi bilan töqnaş keladi.









