Madrid “Real” klubi PSJ bilan Kilian Mbappening transferi böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda “PSG Community” xabar berdi.
PSJ xöjayini Tamim bin Hamad Al-Tani “Real” prezidenti Florentino Peres bilan muzokaralardan söng futbolçini sotişga rozi böldi.
Transferning umumiy summasi 250 million yevroni taşkil qiladi. 200 million yevro darhol tölanadi, yana 50 million yevro futbolçi öynagan öyinlari va “Oltin töp”ni qölga kiritsa, bonus sifatida taqdim etiladi.
Mbappening PSJ bilan joriy şartnomasi 2024 yilga qadar möljallangan.
Kilian ötgan mavsumda Liga 1 da 34 ta öyinda maydonga tuşib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.









