AQŞ uruşda kim ğalaba qozonişini aytdi

AQŞ uruşda kim ğalaba qozonişini aytdi

AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina Rossiya bilan uruş qança davom etmasin, ğalaba qozonişiga işonç bildirdi. Bu haqda u bugun, 7 mart kuni Vilnyusda Litva Taşqi işlar vaziri Gabrielyus Landsbergis bilan qöşma matbuot anjumanida maʼlum qildi. 

“AQŞ va Litva demokratiya, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga çuqur sodiqdir. Bu qadriyatlar Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda tahdid solayotgan umumiy xavfsizligimizning asosini taşkil etadi”, deydi Blinken. 

Uning taʼkidlaşiça, Litva köp yillar davomida Sovet Ittifoqi istilosida bölgan davlat sifatida milliy suverenitet muhimligini yaxşi tuşunadi.  

“Sönggi yillarda Rossiya istiqlol yillarida mustaqil jamiyat şakllangan Litvada demokratik asoslarga zarar yetkaziş uçun bir neça bor qadamlar qöydi. AQŞ Litvaning NATOga aʼzo bölişini qöllab-quvvatlaydi”, deydi Davlat kotibi. 

Entoni Blinkenning aytişiça, AQŞ Ukraina mudofaa qobiliyatini oşirişi uçun Kiyevga yordamni köpaytirmoqda. 

“Biz Ukraina xalqiga gumanitar yordam körsatamiz. Ittifoqçilar potentsial tahdidga javob bera olişlari uçun biz umumiy himoyamizni kuçaytirmoqdamiz. Biz bu uruşni qöllab-quvvatlaganlarni, xususan, Moskvani oğir badal tölaşga majbur qilamiz”, deydi Blinken. 

×