Messi “Barselona” safida xayrlaşuv öyinida maydonga tuşadi

Messi “Barselona” safida xayrlaşuv öyinida maydonga tuşadi

“Barselona”ning sobiq futbolçisi Lionel Messi kataloniyaliklar bilan xayrlaşuv öyinida maydonga tuşadi. Bu haqda klubning sobiq boşqaruv kengaşi aʼzosi Toni Freyşa maʼlum qildi.

“Bir yarim yil içida “Kamp Nou” stadionida Leo Messi bilan xayrlaşuv marosimi ötkaziladi. Bu allaqaçon tasdiqlangan”, deydi Freyşa.

Hozirça Messining xayrlaşuv marosimi doirasida “Barselona” safida rasmiy öyinda maydonga tuşişi yoki faqat tantanali tadbirda iştirok etişi haqida aniq maʼlumot berilmagan.


Maʼlumot uçun, Lionel Messi “Barselona” futbol akademiyasi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. Argentinalik futbolçi 2004 yildan 2021 yilgaça klubning asosiy jamoasida töp surgan. U kataloniyaliklar safida köplab sovrinlarni qölga kiritgan, jumladan, Ispaniya çempionatida 10 marta va Çempionlar ligasida 4 marta ğolib bölgan.

2021 yilda klubning moliyaviy muammolari sabab Messi “Barselona”ni tark etgan. 2023 yil yozidan buyon esa u AQŞning “Inter Mayami” klubida öynab kelmoqda. 39 yoşli futbolçining Amerika jamoasi bilan şartnomasi 2028 yil oxirigaça amal qiladi.


Teglar:
×