Mbappe Kriştianu Ronalduning 2018 yilgi noxuş natijasini takrorladi

Mbappe Kriştianu Ronalduning 2018 yilgi noxuş natijasini takrorladi

Kilian Mbappe Madridning «Real» klubi «Espanol»ni 2:1 hisobida mağlub etgan La Liga 1-tur uçraşuvida gol ura olmadi.

Frantsiyalik hujumçi raqib darvozasi tomon önta zarba berdi. Ulardan uçtasi nişonga aniq borgan bölsa-da, Mbappe öz nomini tabloga yozdira olmadi.

The Touchline maʼlumotiga köra, Mbappe 2018 yildan buyon La Liganing bitta uçraşuvida kamida önta zarba berib, gol ura olmagan birinçi «Real» futbolçisi böldi.

Madrid klubi safida bunday natijani qayd etgan sönggi futbolçi Kriştianu Ronaldu edi. Portugaliyalik hujumçi 2018 yildayoq «Real»ni tark etgan.

Joze Mourino jamoasiga ğalaba keltirgan golni 90-daqiqada zaxiradan maydonga tuşgan Karlos Espi kiritdi. Uçraşuvdagi birinçi golga esa 9-daqiqada Jud Bellingem mualliflik qildi.


Teglar:
×