Joriy yil boşidan buyon Qozoğistonning bir neça viloyat markazlari va yirik şaharlarida norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Qiska vaqt içida namoyişlar jiddiy tus oldi. Bu voqealar butun dunyoda rezonans uyğotdi. Qörqib ketgan Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (ODKB – KXŞT)dan yordam söradi. Bunga javoban taşkilot Qozoğistonga tinçlikparvar kuçlarni kiritdi. Xöş, Kollektiv Xavfsizlik şartnomasi taşkiloti qanday taşkilot, uning vazifasi nimalardan iborat?
KXŞTning taşkil etilişi
Kollektiv Xavfsizlik töğrisidagi Şartnoma (KXŞ) “Toşkent pakti yoki Toşkent şartnomasi” – aʼzo davlatlar joylaşgan mintaqalarda tinçlik va barqarorlikni, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaş, uşbu davlatlar mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini kollektivlik asosida himoya qiliş şiori bilan SSSR parçalangaç, asosan Rossiyaning taşabbuskorligida 1992 yil 15 may kuni tuzilgan xalqaro mintaqaviy harbiy-siyosiy taşkilot. Taşkilotning oliy organi Kollektiv xavfsizlik kengaşi sanalib, uşbu kengaş taşkilotning Boş kotibini tayinlaydi.
Bu taşkilotga dastlab Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Armaniston va Rossiya qöşilgan. 1993 yilda Ozarbayjon, Gruziya va Belarus taşkilotga aʼzo bölgan.

Kollektiv Xavfsizlik taşkiloti şartnomasi 1994 yil 20 apreldan boşlab kuçga kirdi. Imzolangan şartnoma beş yilga möljallangan bölib, uni uzaytiriş ham mumkin edi. 1999 yilda Ozarbayjon, Gruziya va Özbekiston şartnomani uzaytirişdan boş tortdi va KXŞT aʼzoligidan çiqdi. Biroq oradan yana 7 yil ötib, 2007 yil ötkaziladigan Özbekiston Prezidenti saylovi oldidan 2006 yil Toşkent taşkilotga qayta qöşildi.
Taşkilotning maqsad va vazifalari
Kollektiv Xavfsizlik şartnomasi nizomiga köra xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik hamda osoyiştalikni, unga aʼzo bölgan davlatlarning mustaqilligini, hududiy daxlsizligi hamda suverenitetini himoya qiladi. Rasmiy maʼlumotlarga köra, KXŞT yagona harbiy-siyosiy ittifoq sifatida heç qaçon harbiy amaliyotlarda qatnaşmagan.
Şartnomaga aʼzo biror-bir davlat boşqa aʼzo davlatga qarşi qaratilgan harbiy ittifoqlar yoki davlatlar turkumiga aʼzo bölmaydi yoxud bunday mazmundagi biron-bir tadbirda iştirok etmaslik majburiyatini olgan.
KXŞTga aʼzo davlatlar öz manfaatlariga daxl qilayotgan xalqaro xavfsizlikka doir barça masalalar böyiça konsultatsiyalar olib borib, öz pozitsiyalarini muvofiqlaştiradi. Şartnomaga aʼzo bitta yoki bir neçta davlat xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga yoxud xalqaro tinçlik va xavfsizlikka tahdid solingan hollarda, tomonlar darhol öz pozitsiyalarini muvofiqlaştiriş va yuzaga kelgan tahdidni bartaraf etiş maqsadida birgalikdagi konsultatsiyalar “mexanizmi”ni işga solişadi.

Kollektiv Xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga aʼzo davlatlar Kollektiv xavfsizlik kengaşini tuzişadi. Uşbu Kengaş Şartnomaga aʼzo davlatlar rahbarlaridan taşkil topadi.
Agar taşkilotga aʼzo birorta davlatga biror-bir boşqa davlat tomonidan tajovuz qilinsa, bunday harakat Şartnomaga aʼzo barça davlatlarga qarşi uyuştirilgan tajovuz sifatida qabul qilinadi. Şartnomaga aʼzo davlatlarning birortasiga tajovuz uyuştirilgan holda barça boşqa aʼzo davlatlar uşbu davlatga zaruriy yordam, şu jumladan, harbiy yordam ham körsatadi.
2005 yildan boşlab mehribon Rossiya özining harbiy taʼlim muassasalarida KXŞT mamlakatlari uçun bepul kadrlar tayyorlaşni boşladi. Maʼlumotlarga köra, 2010 yilda Rossiya Federatsiyasida Qozoğiston, Belarus, Armaniston, Tojikiston, Qirğiziston va Özbekistondan 2,5 mingga yaqin harbiy xizmatçi tahsil olgan.

NATO va KXŞT qarama qarşiligi
Gruziya davlat boşqaruviga Mixail Saakaşvili kelgaç, Rossiya bilan munosabatlar sovuqlaşib ketdi. Gruziya asosan AQŞ va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlaşga harakat qildi. Öşa vaqtda Gruziya bugungi Ukraina kabi NATOga aʼzo böliş uçun harakat qilayotgan edi. Şu vaqtda KXŞT va Şimoliy Alyans örtasida zimdan kuraş boşlandi. 2008 yilda Kollektiv Xavfsizlik şartnomasi taşkiloti NATOga şunday ogohlantiriş berdi:
“Kollektiv Xavfsizlik şartnomasi taşkiloti masʼuliyat zonasi yaqinida jiddiy mojarolar potentsiali töplanib bormoqda. KXŞT aʼzolari NATO mamlakatlarini Alyansning Şarqqa kengayişi va KXŞTga aʼzo davlatlar çegaralari yaqinida yangi raketaga qarşi mudofaa inşootlarini joylaştirişning barça mumkin bölgan oqibatlarini öylab körişga çaqiradi”.
2008 yil 5 sentyabr kuni Kollektiv Xavfsizlik şartnomasi taşkilotining navbatdagi sammiti bölib, maxsus deklaratsiya qabul qilindi. Deklaratsiyaga köra, KXŞTga aʼzo davlat rahbarlari Janubiy Osetiya va Abxaziya uçun barqaror xavfsizlikni taʼminlaşga çaqirildi.

Qirğiziston mojarosi
2009 yil 4 fevral kuni Moskvada Kollektiv xavfsizlik kengaşining sessiyasi bölib ötdi. Unda aʼzo davlat rahbarlari qatnaşib, Kollektiv Tezkor Harakat Kuçlarini (KSOR) yaratişni kelişib oldi. Imzolangan hujjatga köra, KSOR harbiy tajovuzni qaytariş, xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşiş böyiça maxsus operatsiyalarni ötkazişi belgilangandi.
2010 yilning yozida Markaziy Osiyo mintaqasida özbek-qirğiz mojarosi ortidan Qirğizistonda fuqarolar uruşi boşlanib ketdi. Mamlakat Prezidenti Roza Otunboyeva Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevdan yordam söradi. Bunga javoban Qirğizistonga KSOR bölinmalari kiritildi. Fuqarolar uruşi tezda taşqi kuçlar yordami bilan bostirilgan.

2012 yilda Özbekiston Kollektiv Xavfsizlik şartnomasi taşkilotidan çiqib ketdi.
2020 yilning sentyabr oyida Qoraboğda Ozarbayjon va Armaniston örtasida harbiy harakatlar boşlandi. Armaniston Kollektiv Xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga aʼzo edi. Qoraboğ uruşida Armaniston mağlub böla boşlagaç, Boş vazir Nikol Paşinyan KXŞTdan yordam söradi. Biroq bu çaqiriq javobsiz qoldirildi.
KXŞT kuçlarining Qozoğistonga kirişi
Joriy yil boşida Qozoğistonning Manğistau viloyatida suyultirilgan gaz narxining oşişi ortida norozilik namoyişlari boşlandi. Bu namoyişlar daqiqa sayin jiddiy tus oldi. Asqar Mamin boşçiligidagi Hukumat isteʼfo berdi. Noroziliklar ortidan mamlakatni 30 yil boşqargan, otdan tuşsa ham egardan tuşmay kelayotgan Birinçi Prezident – Elboşi Nursulton Nazarboyev Xavfsizlik kengaşidagi faoliyatini tugatdi. Uning örniga XK boşqaruvini Töqayev öz gardaniga oldi. Hozir esa Nazarboyevning özi ham, oila ham qayerdaligi, nima bilan maşğulligi haqida aniq maʼlumot yöq. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan gaplarga qaraganda, Nazarboyevning oila aʼzolari mamlakatni tark etişni boşlagan. Blogerlarning fikriça oilaga tegişli samolyotlar içida sobiq Prezidentning özi ham bölişi mumkin.
Xullas 5 yanvardan 6 yanvarga ötar keçasi Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev raisligida Xavfsizlik kengaşining yiğilişi bölib ötdi. Unda Qozoğistondagi vaziyat tahlil qilindi. Uçraşuv davomida Qozoğiston Prezidenti Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga aʼzo davlat rahbarlaridan yordam söraşdan boşqa çorasi qolmaganini aytdi.

Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayevning murojaati KXŞT tomonidan “mamnuniyat” bilan qabul qilindi va unga hozirjavoblik bilan munosabatda bölindi. Oqibatda Qozoğiston Respublikasining milliy xavfsizligi va suverenitetiga, xususan, taşqi aralaşuv natijasida yuzaga kelgan tahdidni hisobga olib, KXŞT Kollektivi Xavfsizlik Kengaşi Kollektiv Xavfsizlik Şartnomasining 4-moddasiga muvofiq, uşbu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlaştiriş va normallaştiriş maqsadida KXŞTning Kollektiv tinçlikparvar kuçlarini çeklangan muddatga Qozoğiston Respublikasiga yuborişga qaror qilindi.
Kollektiv Xavfsizlik şartnomasi taşkilotining tinçlikparvar kuçlari Qozoğistonga yuborilişi ortidan voqealarni diqqat bilan kuzatib kelayotgan ekspertlar “oyoqqa turdi”. Xususan, rossiyalik siyosatçi Leonid Gozman öz blokida şunday dedi:
“Çet el qöşinlarini öz xalqiga qarşi kuraşga taklif qiliş, nazarimda, Vatanga xiyonatdir. Men özimiz haqimizda gapiraman. Qozoğistondagi norozilik namoyişlarini bostirişda vatandoşlarimizning iştiroki biz uçun qanday oqibatlarga olib keladi?
Birinçidan, Qozoğistondagi norozilik namoyişlari Rossiyaga heç qanday xavf tuğdirmaydi, balki hozirgi hukmdorlarimiz uçun tahdid solişi mumkin.
Ikkinçidan, Bizning askarlarimiz u yerda bosqinçi sifatida köriladi, demak ular öşa yerda halok bölişi mumkin, çunki qozoğistonliklar qarşilik körsatadi.
Uçinçidan, Qozoğiston harbiylarining bir qismi qarşilik körsatiş tarafiga ötib ketadi.
Törtinçidan. Bizning askarlar, hatto, javob öqlari uzib bölsa-da, odamlarni öldiradi.
Beşinçidan. Qozoğistonda bölayotgan voqealardan çöçigan rahbariyatimiz içki siyosatni qattiqlaştiradi”.

Markaziy Yevrosiyo Tadqiqotlar Jamiyati asosçisi Jen Murtazaşvili öz “Twitter” sahifasida Qozoğistondagi vaziyat yuzasidan şunday fikr bildirdi:
“Qozoğistonning tabiiy resurslari hamda iqtisodiy islohotlarni qabul qilişi unga mintaqadagi kuçli iqtisodiyotga ega böliş imkonini berdi. Mamlakatning Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotini yordamga çorlaşi mintaqa lideri sifatidagi qudratiga putur yetkazadi. Özbekistonda taşkilotdan taşqari mamlakat sifatida liderlik rolini egallaş imkoni mavjud”.
Bugun erta tongda, ijtimoiy tarmoqlarda Xavfsizlik kuçlarining Olmaota markazida qurolli harakatlari tasvirga olingan videolar tarqaldi. Ular namoyişlarni qattiqqöllik bilan bostirmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Qozoğiston öz vaqtida kerakli çoralarni körganida bugungidek bosqinçilarning har aytganiga boş egişiga va boşqa mamlakat harbiylarining qozoq zaminida öt oçişiga ehtiyoj qolmas edi.









