Diqqat! Özbekistonga sovuq havo kirib kelmoqda

Diqqat! Özbekistonga sovuq havo kirib kelmoqda

Özbekiston şimoliga 26—27 sentyabrda Qozoğiston orqali Şimoliy Ural ustida şakllangan sovuq antitsiklon tarmoği kira boşlaydi, deb xabar bermoqda “Özgidromet”. Havo harorati keçasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, şimoliy tumanlarda keçasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 darajani taşkil qiladi. Qayd etilişiça, bunday harorat şu kun meʼyorlaridan 3-4 darajaga pastdir.

Qoraqalpoğistonda, Xorazm viloyati va çöl zonasida harorat 5-7 darajaga pasayişi kutilmoqda, şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin.

Keyingi haftaning birinçi yarmida butun respublika hududi şu sovuq antitsiklon taʼsirida böladi. Bu kunlarda Özbekiston böyiça bulutlilik ortadi, mamlakatning tekislik hududida ob-havo yoğingarçiliksiz böladi, faqat toğoldi va toğli hududlarda ayrim joylarga yomğir yoğişi mumkin. 29—30 sentyabrda baland toğli tumanlarda yomğirning qorga ötiş ehtimoli ham bor.

Sovuq front ötişi natijasida 28 sentyabrda butun respublika hududida şamolning tezligi 15-20 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin. Harorat asta pasayadi va şu kunlarda keçasi 5-10 daraja, şimolda keçasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq böladi. Uraldan sovuq havo kirib turişi natijasida respublika böyiça harorat foni örtaça iqlimiy meʼyorlardan 5-7 darajaga past böladi.

×