Buyuk ajdodlarga ehtirom

Buyuk ajdodlarga ehtirom

Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga, 
Yöqluqqa hidoyatingni bor ayla manga, 
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga, 
Har durri inoyating nisor ayla manga.

Alişer Navoiy

Uluğ mutafakkir, söz mulkining sultoni Alişer Navoiy hamda şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Boburlarning boy maʼnaviy merosi asrlar oşa butun başariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu şuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda uluğ bobokalonlarimizga ehtirom körsatiş, asarlarini örganiş, ularni dunyoda keng tarğib etişga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.

Alişer Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama çuqur örganiş, uning ölmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng tarğib qiliş hamda xotirasini abadiylaştiriş maqsadida Prezidentimizning 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk  şoir va mutafakkir Alişer  Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi va çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi.

Qarorda belgilangan vazifalardan kelib çiqib, Yurtimizda Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy ğoyalarning jahon tamaddunida tutgan örnini hamda uluğ mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yanada çuqur tadqiq qiliş va keng tarğib etiş maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazib kelinmoqda.

Namangan viloyat sudida ham “Buyuk ajdodlarga ehtirom” mazusida şeʼriyat mulkining sultoni Alişer Navoiyning 580 yilligi hamda şoh va şoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan maʼrifiy keça ötkazildi. Maʼrifiy keçada viloyat sudi sudyalari va xodimlari iştirok etdi.

Mazkur maʼrifiy uçraşuvni viloyat sudi raisi A.Eranov oçib berdi va Yurtboşimiz tomonidan imzolangan «Buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nişonlaş töğrisida»gi Qarori mazmun mohiyatiga keng töxtaldi.

Şundan söng sözni Namangan Davlat universiteti, Filologiya fakulteti adabiyotşunoslik kafedrasi mudiri, dotsent M.Sulaymonovga berdi.

M.Sulaymanov söz olib mamlakatimizda mustaqillik yillarida bu ikki mutafakkirning xotirasi abadiylaştirilgani uning jahon adabiyoti xazinasiga qöşgan buyuk hissasi hamda çeksiz isteʼdodiga bölgan yuksak hurmat ifodasi ekanini taʼkidladi.

Uluğ şoir Alişer Navoiy dunyo adabiyoti tarixida tengi topilmas bir siymo hisoblanadi. Isteʼdodining uluğvorligiyu teranligi jihatidan ham, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei yuzasidan ham, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot ahliga körsatgan homiyligi jihatidan ham öxşaşi yöq siymo ekanligiga töxtalib ötdi. 

Şuningdek, maʼruzaçi Özbekiston istiqlolga erişiş arafasidayoq mamlakatimizda 1991 yil – “Alişer Navoiy yili” deb eʼlon qilinişi zamirida olamça maʼno mujassam bölganini izohlab berdi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglaş tuyğusi ham bizning ongu şuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Bu bebaho merosni örganiş, undan xalqimizni yanada keng bahramand etiş, yoş avlod ongu şuuriga buyuk ajdodimiz adabiy-maʼnaviy merosini singdiriş eng katta vazifamizdir.

Buyuk bobokalonimiz Mir Alişer Navoiyni bugun butun dunyo eʼtirof etamoqda, – deydi jinoyat işlari böyiça Namangan tuman sudi sudyasi N.Şaripova. – U zotning siymosi mangu barhayotdir. Men Alişer Navoiy hayyot va ijodiga qiziqaman, ruboyi va ğazallarini, asarlarini mutolaa qilib boraman. Alişer Navoiyning tavallud ayyomi xalqimiz, butun dunyo uçun adabiyot bayrami desak arziydi, çunki, Alişer Navoiy özining ijodi, insoniy ğoyalari bilan butun dunyoda ezgulikni, insonparvarlikni, yaxşilikni tarannum etgan.

Maʼruzaçi şoh va şoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga töxtalib, Bobur haqida gap ketganda beixtiyor qalbimizda yurtga muhabbat, sadoqat gavdalanadi. Sohibqiron Amir Temur avlodlari içida Farğona vodiysi ahlining juda köp fazilatlarini özida mujassam etgan şaxs buyuk, ajdodlarimizdan biri Zahiridin Muhammad Bobur hayoti va ijodi qariyb 5 asrdan buyon katta qiziqiş bilan örganilib kelinayotganini bu uning asarlari jamiyat hayotida naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini bildirişini taʼkidladi.

Şuningdek, tadbirda Alişer Navoiy va Bobur ğazal va ruboyilaridan namunalar öqildi.

Bunday tadbirlar viloyatimizning baça tuman (şahar), tumanlararo sudlari tomonidan ham keng nişonlanmoqda.

Namangan viloyat sudi jamoatçilik va OAV bilan aloqalar bölimi

×