Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qöllab quvvatlaş tizimini yanada takomillaştirişning çora tadbirlari töğrisidagi” qaroriga asosan har yilning Noyabr oyi “Keksalar uçun turizim oyligi” etib belgilangan.
Şu munosabat bilan Namangan viloyat sudi tomonidan uzoq yillar tizimda faoliyat olib borib hozirda nafaqada bölgan faxriylar bilan uç avlod uçraşuvi ötkazildi. Uçraşuvda viloyat, tuman şahar sudining sudyalari, sudyalikka nomzodlar iştirok etişdi.

Tadbirni viloyat sudi raisi A.Eranov oçib sud mamlakatimizda ötgan davr mobaynida sud-huquq sohasini demokratlaştiriş va erkinlaştiriş, sud hokimiyatining fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasidagi roli va ahamiyatini oşiriş borasida bir qator muhim islohotlar amalga oşirib kelinayotganini taʼkidladi.

Şundan söng sözni faxriy sudya Ğ.Yaxyoxöjayev berdi. Ğ.Yaxyoxöjayev sudyalarga yaratilgan şart-şaroitlar, imkoniyatlar borasida töxtalib, sud faxriylariga körsatilayotgan eʼtibor uçun öz minnatdorligini bildirdi. “Odil sudlovni çinakamiga taʼminlaş, qonun ustuvorligi va adolatni barqaror bölişini, barça sudyalardan fidoiylik va qatʼiyatlilikni böşaştirmaslikni, şuningdek yoş sudyalar va zaxirada bölgan bölajak sudyalarga faxriylardan örnak oliş zarurligini aytib ötdi.

Şuningdek, uzoq yillik faoliyati davomida orttirgan tajribalarini sudyalar va bölajak sudyalar bilan örtoqlaşib, ularning iş faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaşdi.
Şu munosabati bilan sud tizimida uzoq yillar mehnat qilib nafaqaga çiqqan Faxriy sudyalar uçun Namangan viloyat sudi tomonidan Töraqörğon tumanidagi Ishoqxon töra Ibrat majmuasiga va Çortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohiga sayohat uyuştirildi.




Faxriy sudyalar Töraqörğon tumanida Ishoqxon töra Ibrat muzeyiga borib şoirning hayoti va ijodi bilan yaqindan taniştirildi va Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslaşgan maktab faoliyati bilan tanişib öquvçilar bilan dildan suxbat qilindi.



Şundan söng faxriylar Çortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qaraniy” hamda u zotning onalari “Bibi Naima” onamizning maqbaralarini ziyorat qildilar. Maqbara ziyorati jarayonida Qurʼoni karim tilovat qilinib, uşbu dargohdan ötgan barça insonlar va majmuani obod bölişiga xizmat qilgan mutasaddilarni haqlariga duo qilindi.









