Respublika Gidrometeorologiya xizmati boşlangan haftada kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Bugun Özbekiston böyiça kam bulutli ob-havo böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpoğistonning şimoliy tumanlarida baʼzi joylarda biroz yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin, baʼzi joylarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayadi. Kunning örtasiga kelib, havo 24-27° iliqgaça isiydi.
20-21 aprelda Özbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari, söng Ural hududlaridan deyarli sovuq antitsiklon kirib keladi.
20 aprelda kunduz kuni Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat baʼzi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati keçasi 12-17° iliq, kunduzi 17-22° iliq atrofida böladi.
21 aprelda respublikaning markaziy va şarqiy hududlarida yomğir yoğadi, baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Kunduzgi havo harorati 13-18° iliqgaça pasayadi.
Respublikaning ayrim tumanlarida 20-21 aprelda şamol 17-22 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida 20-21 aprelda yomğir yoğadi, baʼzi joylarda kuçli böladi, sel kelişi xavfi bor.
Iş haftasining ikkinçi yarmida Özbekistonning barça hududlari böyiça kam bulutli va quruq ob-havo böladi.
22 aprelda sovuq antitsiklon periferiyasida harorat keçalari 3-8° iliqgaça pasayadi, kunduz kungi harorat esa asta-sekin kötarila boşlaydi va kunduzi havo 17-20° iliqgaça isiydi, 23 aprelda esa 22-25° iliqgaça kötariladi.
Toşkent va Namangan viloyatlarining toğli hududlarida 2200 m dan yuqorida qor köçişi xavfi bor.









