2021 yilda xorijdan qança özbekistonlikning jasadi olib kelindi?

2021 yilda xorijdan qança özbekistonlikning jasadi olib kelindi?

2021 yilda xorijda mehnat faoliyatini olib boriş davomida vafot etgan 500 dan ortiq Özbekiston fuqarosining jasadi Vatanga olib kelingan. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.

Qayd etilişiça, ötgan yili xorijda vafot etgan 518 nafar fuqaro jasadi olib kelingan, 321 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarilgan.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan 8 ming 811 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 295 ming 102 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 283 nafariga ijtimoiy yordam, 13 ming 424 nafariga moddiy yordam körsatilgan.

Şuningdek, 7 ming 534 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratilgan, 358 nafar mehnat migranti vaqtinça xostelga joylaştirilgan.

Mehnat migrantlarining iş beruvçilar tomonidan tölanmay turgan qariyb 984,1 ming AQŞ dollari miqdoridagi iş haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berilgan.

Bundan taşqari, oğir tan jarohati olgan 17 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berilgan.

×