Özbekiston Respublikasida sönggi 3 yilda yöllar rekonstruktsiyasi uçun jami 19,8 trillion söm ajratilgan. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, yöl xöjaligi sohasida 2018—2021 yillar mobaynida amalga oşirilgan islohotlar natijasida respublika hududida jami 19,8 trillion söm mablağ hisobiga 45,3 ming kilometrdan ortiq umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari va xöjaliklararo içki yöllarda quriş, rekonstruktsiya qiliş, taʼmirlaş va saqlaş işlari olib borilgan.
Xususan:
A-380 Ğuzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yölining 125 kilometr qismi rekonstruktsiya qilingan;
A-373 M-39 avtoyöli—Guliston—Böka—Angren—Qöqon va Andijon orqali—Öş avtomobil yölining Qamçiq dovonidan ötgan 58 kilometr qismi tsementbeton qoplama qurgan holda rekonstruktsiya qilingan;
M-39 Olmaota—Bişkek—Toşkent—Termiz avtomobil yölining 115 kilometr qismi asfaltbeton qoplama qurgan holda rekonstruktsiya qilingan;
A-373 Toşkent—Öş avtomobil yölining 208-274 kilometr qismini aylanib ötişda Sirdaryo daryosi ustiga 250 kilometr uzunlikdagi köprik qurilgan;
Toşkent viloyatining Qibray va Yuqori Çirçiq tumanlaridan ötuvçi 19,2 kilometr uzunlikdagi yangi yönalişdagi avtomobil yöli qurilgan.
Şuningdek, bu davr mobaynida respublikaning xalqaro koridorlarini rekonstruktsiya qilişga xalqaro moliya institutlari, jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Saudiya taraqqiyot jamğarmasi va Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamğarmasi hamda Islom taraqqiyot banki mablağlari ham jalb etilgan. 2018—2021 yillar davomida 339,7 million dollar mablağ özlaştirilib, 497 kilometr uzunlikdagi umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari tsement beton qopla bilan rekonstruktsiya qilingan.









