Özbekistonda pedagoglar va iqtidorli öquvçilarni dam oliş maskanlariga qabul qiliş tartibi belgilandi. Hukumatning 29 iyul kuni qabul qilingan qarori bilan “Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi dam oliş maskanlariga dam oluvçilarni qabul qiliş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, maskanlarga yöllanmalar yil davomida berilib, u yerda dam oliş 12 kunlik kun tartibi asosida amala oşiriladi.
Dam oliş har yili quyidagi muddatlarda taşkil etiladi:
- Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi (Vazirlik) tizimi xodimlari va ilğor pedagoglar uçun – sentyabr-may oylarida;
- iqtidorli öquvçilar uçun – iyun-avgust oylarida.
Har bir hududda maskanlarga dam oluvçilarni saralaş uçun komissiyalar taşkil etiladi. Komissiyalar tomonidan maskanlarga 7-14 yoşli iqtidorli öquvçilar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi.
Şuningdek, dam oliş maskaniga quyidagi ilğor pedagoglar tanlab olinadi:
- xalqaro olimpiadalar ğoliblarini tayyorlagan öqituvçilar;
- öqituvçi bölib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar ğoliblari;
- xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi böyiça xalqaro sertifikatlarga ega öqituvçilar;
- asosiy olimpiadalarning respublika bosqiçi ğoliblarini tayyorlagan öqituvçilar;
- respublika bosqiçidagi körik-tanlovlarda faxrli örinlarga ega bölgan öqituvçilar;
- oliy va 1-malaka toifasiga ega boşlanğiç sinf öqituvçilari, maktabgaça taʼlim taşkilotlari pedagoglari;
- asosiy olimpiadalarning viloyat bosqiçi ğoliblarini tayyorlagan öqituvçilar.
Belgilangan mezonlar böyiça dam oluvçilarga ketma-ketlik asosida yöllanmalar beriladi.









