Özbekistonda Yangi bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun davom etadigan dam oliş kunlarida tibbiyot muassasalari kun-u tun işlab turadi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, bayram kunlarida mamlakatdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlaştirib boriş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligida ştab taşkil etilgan va bugun, 30 dekabr kuni uning dastlabki yiğilişi ötkazilgan.
SSVning maʼlum qilişiça, 31 dekabr — 4 yanvar kunlarida quyidagi davolaş-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi navbatçilik asosida aholiga xizmat körsatadi:
• 995 ta oilaviy poliklinika;
• 858 ta oilaviy şifokor punkti;
• tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barça şifoxonalar;
• ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari;
• tibbiyot oliy öquv yurtlari klinikalari.
Şuningdek, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 180 ta aholi punktida joylaşgan subfiliallarida 24 soat davomida navbatçi şifokor va hamşiralar faoliyat yuritadi. Uşbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira örinlari yartilgani taʼkidlandi.
“Call-markaz (1003) orqali malakali mutaxassislardan koronavirus böyiça savollaringizga tunu kun javob olişingiz mumkin.
Öz navbatida, mamlakatimiz böylab 2861 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan böladigan çaqiriqlar uçun doimo şay holatda turadi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan taşqari, bayram kunlari 238 ta tuğruq muassasasi ham uzluksiz faoliyat körsatadi.
Sanitariya-epidemiololgiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boşqarma hamda 203 ta aholi punktida joylaşgan bölimlarida ham 24 soat davomida 200 nafardan ziyod navbatçi şifokor, qariyb 200 nafarga yaqin vraç-laborant va yordamçi xodimlar öz faoliyatini davom ettiradi.
Soğliqni saqlaş vazirligi bayram va dam oliş kunlarida işlaydigan tibbiyot xodimlariga öz minnatdorligini bildirgan.









