Bugun, 4 mart kuni Özbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelmoqda. Respublika böyiça quruq ob-havo kutilmoqda, havo harorati 20-23 daraja iliq, janubda va çöl hududlarida 25-27 daraja iliqqaça böladi. Faqat Qoraqalpoğistonda baʼzi joylarda keçga tomon yomğir yoğadi.
Dam oliş kunlari respublika böyiça baʼzi joylarda yomğir yoğadi, yakşanba kuni şimolda qorga aylanişi mumkin. Toğ oldi va toğli hududlarda yoğingarçilik, baʼzi joylarda kuçli böladi. Havo harorati pasayadi va 5 martda keçasi 10-15 daraja iliqni, kunduzi 13-18 daroaja iliqni, 6 marta keçasi 5-10 daraja iliqni, kunduzi 12-17 daraja iliqni taşkil etadi.
Iliq havoning jadal kirib kelişi, söngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelişi natijasida respublika böyiça baʼzi joylarda şamol tezligi 18-23 m/s gaça kuçayadi va çang-tözon kuzatilişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida şamol tezligi 25-30 m/s gaça kuçayişi mumkin.









