Bayram kunlari tibbiyot xodimlari tunu kun aholiga xizmat körsatişadi

Bayram kunlari tibbiyot xodimlari tunu kun aholiga xizmat körsatişadi

SSV xabariga köra, bayram kunlari yurtimizdagi barça tibbiyot muassasalarida şifokor va örta tibbiyot xodimlarining tegişli navbatçilik jadvali asosida faoliyat yuritişi yölga qöyiladi.

Jumladan, hozirgi kunda soğliqni saqlaş tizimida mavjud birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini körsatuvçi 2369 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari hamda tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barça şifoxonalar, ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy öquv yurtlari klinikalarida tibbiyot xodimlari navbatçilik asosida aholiga xizmat körsatadi.

Şuningdek, şoşilinç tibbiy yordam şifoxonalari va «tez yordam» xizmati odatdagi tartibda bir maromda uzluksiz işlaydi. Xususan, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlarda 13 ta filiali, tuman va şahar tibbiyot birlaşmalari tizimidagi barça bölimlari faoliyat körsatadi.

Mamlakatimiz böylab hududlarda 14 ta Call-markaz tunu kun iş rejimida bölib, «tez yordam» tizimida mavjud 2748 ta brigada tarkibidagi jami 12 837 nafar şifokor va va 27 653 nafar örta tibbiyot xodimlari navbatçilik asosida aholiga malakali tibbiy yordam körsatadi.

Bundan taşqari, bayram kunlari 219 ta tuğruq muassasalari ham uzluksiz faoliyat körsatadi. Jumladan, 31 dekabrdan 1 yanvargaça bir sutka davomida 583 nafar akuşer-ginekolog, 344 nafar neonatolog, 1172 nafar doya hamda 2042 nafar hamşira onalar va bolalar salomatligi yölida xizmat körsatişadi. Bayramning keyingi kunlari ham tibbiyot xodimlari navbatçilikka kirişadilar.

×