Navröz bayrami va dam oliş kunlari tibbiyot muassasalari tun-u kun işlaydi

Navröz bayrami va dam oliş kunlari tibbiyot muassasalari tun-u kun işlaydi

Navröz bayrami va dam oliş kunlari 40 mingdan ortiq tibbiyot xodimi aholiga xizmat körsatadi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining tegişli farmoniga köra, bu yil Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan fuqarolar iş haftasining turidan qatʼi nazar ketma-ket 4 kun dam oladi. Ana şu davrda quyidagi davolaş-profilaktika muassasalarining 40 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatçilik asosida aholiga xizmat körsatadi:


  • 1257 ta köp tarmoqli va oilaviy poliklinika
  • 1080 ta oilaviy şifokor punkti
  • 1002 ta mahalla tibbiyot punkti
  • tuman, viloyat va respublika şifoxonalari
  • ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari
  • tibbiyot oliy öquv yurtlari klinikalari.


Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta şoşilinç tibbiy yordam qabul bölimi hamda tumanlararo qöşma şikastlanişlar va ötkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatçi şifokor va hamşiralar faoliyat yuritadi.

Respublika böyiça 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan böladigan çaqiriqlar asosida kun-u tun xizmat körsatadi.

Bundan taşqari, 227 ta tuğuruq, 245 ta bolalar davolaş muassasaci ham uzluksiz iş olib boradi.

"Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegişli savollarga malakali mutaxassislardan keça-yu kunduz javob olişingiz mumkin", deyiladi xabarda.


Teglar:
×