Bayram kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz işlaydi

Bayram kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz işlaydi

Yangi yil bayrami kunlari respublikadagi barça tibbiyot muassasalari xodimlari navbatçilik asosida tunu kun işlaydi. «Muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira örinlari yaratilgan», — deyiladi SSV xabarida.


Yangi yil bayrami kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun işlaydi. Soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, 40 ming nafar tibbiyot xodimi navbatçilik asosida aholiga xizmat körsatadi.

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta şoşilinç tibbiy yordam qabul bölimi hamda tumanlararo qöşma şikastlanişlar va ötkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatçi şifokor va hamşiralar faoliyat yuritadi. Uşbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira örinlari yaratilgan.

Şuningdek, 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan böladigan çaqiriqlar asosida xizmat körsatadi. 227 ta tuğuruq, 245 ta bolalar davolaş muassasaci ham uzluksiz işlaydi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boşqarma hamda 203 ta aholi punktida joylaşgan bölimlarida ham 24 soat davomida navbatçi şifokor, vraç-laborant va yordamçi xodimlar faoliyatini davom ettiradi.

×