Erkaklarning köpçiligi oilali bölib, kasallik ularning rafiqalariga ham yuqqan.
Öz tanasini sotib, ovloq yerlarda erkaklar könglini ovlab kun köra boşlaydi. Pala-partiş jinsiy hayot, har kuni önlab notaniş erkaklar bilan mulaqo, himoyasiz aloqalar, tungi klublarda ötkazilgan yuzlab bedor keçalar... Ularning qay birida öziga bu bedavo dardni yuqtirganini bilmasa kerak.
2017 yilda qizda OITS kasalligi tasdiqlangan. Belgilangan tartibda nazoratga olingan qiz özidagi kasallikni bila turib, özgalarga qasddan yuqtirmaslik haqida ogohlantirildi ham. Ammo bu bilan u bedor tunlarga çek qöymadi. Özida bedavo dardni kötarib olgan qiz endi mijozlari orasida eng puldorlarini topa boşladi. Uning tungi manzili arzon turli kafelar, kimsasiz ovloq joylar emas, balki qimmat restoran va mehmonxonalarga köçdi. Bir qaraşda har qanday erkakni esdan oğdiradigan, nozu-karaşmalari bilan öziga rom qila oladigan bu kimsa har tun mijozlarga ajal oğusini yuqtirişga urindi.
— Döstlarim bilan kafeda ötirganimizda, röparamizda ötirgan ikki nafar qiz bilan tanişib qolgandik, — deydi ayolning sobiq mijozlaridan biri. — U paytda biz mast bölganmiz. Ular bilan jinsiy aloqa ham qilganmiz. Şundan keyin telefon orqali gaplaşib, aloqa qilib turdik. Keyinroq men u qizlarni OITSga çalinganini eşitib qoldim. Söng tibbiy körikka bordim. Şunda men ham bu kasallikni yuqtirib olganimni bildim. Turmuş örtoğim homilador. Homilasi 6 oylik. Qilgan işimdan juda puşaymonman. Ammo, afsuski, endi keç.
Olib borilgan örganişlar birgina mana şu bemor 40 ga yaqin kişiga OITS kasalligini qasddan yuqtirgan. U bilan aloqaga kirişib, öziga bu bedavo dardni yuqtirib olgan erkaklar esa oilali, bola-çaqali. Bir lahzalik kayf-safoni ayolining guldek umrini xazon qilişga almaşgan.
Buxoro viloyati IIB tergov bölimi tergovçisining maʼlum qilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatiş)ning 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Yakunda jinoyat işi ayblov xulosasi bilan sudga oşirilgan. Hukmga köra, sudlanuvçiga nisbatan 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.









