Toşkent viloyatida bir odam 52 kişiga koronavirus yuqtirgan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov «Özbekiston 24» telekanali efirida aytib ötdi.
Uning aytişiça, bemor yötaliş, tana haroratining kötarilişi va nafas siqişiga qaramay törtta taşkilotga borgan. Bu bemor 52 kişiga kasallikni yuqtirgan. Şu sababli uşbu taşkilotlarning barçasi yopilgan.
Vazirning taʼkidlaşiça, asosan xorijda işlovçi şaxslar Özbekistonga qaytgandan söng oila aʼzolariga kasallikni yuqtirib qöymoqda.
«15 mart kuni xorijdan kelgan hamyurtimiz 15 nafar şaxsga kasallikni yuqtirgan. 27 mart kuni Andijonda kasalligi aniqlangan şaxsdan ota-onasiga koronavirus yuqqan. Uning otasi yana 36 hamkasbiga koronavirusni ötkazgan.
Hamkasblaridan biri 4 nafar qarindoşiga yuqtirgan. Undan taşqari yana muloqotda bölganlardan 3 kişiga kasallik ötgan. Bir kişidan 46 nafar odamga koronavirus tarqagan», — deydi Alişer Şodmonov va bemor kasallik alomatlari körina boşlaganda ham şifokorlarga xabar bermaganini afsus bilan taʼkidlagan.
«Yana bir bemor uçta taşkilotda işlayotgan bölgan. U sababli 100 dan ortiq insonlarni kuzatuvga olişga majbur böldik. Kasallik boşlanganini bilgani holda şunça odam bilan muloqotda bölgan», — deydi vazir.
Şuningdek, bemorlar orasida kasallik aniqlangandan söng ham şifokorlarga quloq solmasdan, öz bilganini qilib yurganlar uçrab turganini taʼkidlagan. «Özing butun mahallaga yuqtirib bölding, kerak bölsa yaşirib yurding, xiyonat qilding, endi heç bölmasa şifoxonaga kelgandan keyin şifokorlarning aytganini qiliş kerak emasmi? Yöq, manmanlik bilan tavsiyalarga quloq solmasdan yurganlar ham bor. Mana şunday bemorlardan biri hozir IVL apparatiga ulab qöyilgan, sunʼiy nafas berilyapti», — deydi Alişer Şodmonov.
«Mamlakatda çeklov çoralari körilyapti. Hozir uyda bölişimiz şart. Maşinasida, velosipedida, piyoda aylanib kelişga çiqayotganlarga murojaatim — hammamiz sabr qilişimiz kerak.Qaçonki intizom bölsa, barça tartib-qoidaga böysunib, ikki hafta uyimizda ötirsak, hammasi ötib ketadi. Şunda birinçi navbatda oila aʼzolarimizni saqlab qolgan bölamiz. Hatto oilada ham quçoqlaşib körişmang. Hamma bilan masofada gaplaşing», — dedi Alişer Şodmonov.









