Tailandda sud-tibbiy eksperti yangi turdagi koronavirus keltirib çiqaradigan kasallik natijasida vafot etdi. Maʼlumki, virus unga ölik kişidan yuqtirilgan — bu dunyoda birinçi bor rasman tasdiqlangan şunga öxşaş hodisa, deb yozadi Daily Mail.
Soğliqni saqlaş taşkilotlari sud-tibbiyot ekspertlari va patologlarni ehtiyot çoralarini körişga çaqirdilar, çunki koronavirusning tarqaliş yöllari haqida hali töliq maʼlumot yöq. Taʼkidlanişiça, operatsiya xonalarida ötkazilgan dezinfektsiya patologik bölimlarda ham amalga oşirilişi mumkin.
JSST maʼlumotlariga köra, yangi turdagi koronavirus natijasida kelib çiqqan pnevmoniyadan vafot etgan odamlarning öpkalari xavfli bölişi mumkin.









