COVID soyasida qolgan OITS: BMT dunyo uçun xavotirli ogohlantiriş bilan çiqdi

COVID soyasida qolgan OITS: BMT dunyo uçun xavotirli ogohlantiriş bilan çiqdi

COVID soyasida qolgan 

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining OIV/OITS böyiça qöşma dasturi (UNAIDS) yaqin 10 yil içida OITS taxminan 7,7 million odamni yostiğini quritişi haqida xavotirli ogohlantirişni eʼlon qildi. Agar davlatlar tengsizlik muammosini hal qilmasa, bu sodir böladi. Bundan taşqari, yaqin kelajakda COVID-19 dunyodagi vaziyatga taʼsir qilişda davom etadi va insoniyat esa hali ham kelajakdagi pandemiyalarga tayyor emasligini körsatmoqda.

UNAIDS Ijroçi direktori Vinni Byanima şuni taʼkidlaşiça, bu şoşilinç harakatga çaqiriq bölişi kerak. OITS pandemiyasiga qarşi kuraşda oldinga siljiş bor, lekin davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi OIV profilaktikasi va davolaş xizmatlarini, maktabda taʼlimni, zöravonlikning oldini oliş dasturlari va boşqalarni töxtatib qöymoqda.

Odamlarning OITSdan halok bölişi haqidagi ogohlantiriş UNAIDS’ning “Teng bölmagan, tayyorlanmagan, himoyalanmagan: nima uçun OITSga barham beriş, COVID-19 ni töxtatiş va kelajakdagi pandemiyalarga tayyorgarlik köriş uçun tengsizlikka qarşi qatʼiy harakat qiliş zarur?” nomli yangi hisobotida aytib ötilgan. Hujjat 1 dekabrda nişonlanadigan Butunjahon OITSga qarşi kuraş kuni arafasida eʼlon qilingan.

Hisobot mualliflarining qayd etişiça, sönggi yillarda bir qança mamlakatlar OITSga qarşi kuraşda sezilarli yutuqlarga erişgan. Biroq, global miqyosda OIV infektsiyasiga çaliniş holatlari tezlik bilan köpaymoqda: 2020 yilda 1,5 million odamda OIV infektsiyasi qayd etilgan. Mutaxassislarning fikriça, infektsiyalar asosan tengsizlik hukm surgan joylarda sodir bölyapti. Afrikaning Sahroi Kabiridan janubdagi davlatlarda har yetti nafar ösmir qizning olti nafarida OIV infektsiyasi uçraydi. Fohişalik bilan şuğlullanadigan va giyohvand moddalarni isteʼmol qiladigan odamlarda OIV bilan kasallaniş xavfi boşqalarga qaraganda 25-35 baravar yuqori hisoblanadi.

Qayd etilişiça, COVID-19 pandemiyasi köp joylarda OITSga qarşi kuraşga putur yetkazmoqda. OIV testini ötkaziş yetarli darajada kamaydi. Köpgina mamlakatlarda OIV profilaktikasi xizmatlari qisqartirildi - 2020 yilda körsatilgan 130 mamlakatning 65 foizida giyohvand moddalarni isteʼmol qiladigan odamlar uçun zararni kamaytiriş xizmatlari töxtatildi.

BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş Butunjahon OITSga qarşi kuraş kuniga bağişlangan murojaatida “2030-yilgaça epidemiyaga barham beriş hali ham mumkin. Ammo bu köproq harakat va köproq birdamlikni talab qiladi. Bizga OITSni yengiş va ertangi pandemiyaga çidamlilikni oşiriş uçun birgalikda harakat qiliş kerak” deydi.

UNAIDS’ning yangi hisobotida OITS böyiça BMT Boş Assambleyasining Oliy darajadagi yiğilişida davlatlar tomonidan kelişilgan harakatlar rejasini amalga oşiriş muhimligi eslatilgan. Uşbu reja, boşqalar qatorida, dori vositalari, vaktsinalar va tibbiy texnologiyalardan teng foydalanişni taʼminlaş zarurligini nazarda tutadi.

UNAIDS va butunjahon soğliqni saqlaş ekspertlari agarda harakatlar köçaytirilmasa, millionlab  odamlar halok bölişi va dunyo önlab yillar davom etgan pandemiya tuzoğida qolişini taʼkidlamoqda.

Bu yil OITS bilan kasallanişning birinçi holati qayd etilganiga 40 yil töldi. Bu davr maboynida davolaniş imkoniyatlarini kengaytiriş borasida ulkan yutuqlarga erişildi. 2021 yilning iyuniga kelib, 28,2 million kişi OIV infektsiyasidan davolaniş imkoniyatiga ega böldi, bu 2010 yildagi 7,8 milliondan köp.

“OITSga qarşi kuraş natijalarini kuzatiş orqali biz qaysi çora-tadbirlar eng samarali ekanligini aniq ayta olamiz. Lekin biz hammamiz ulardan foydalana olişimiz kerak. Bizda yetakçilar joriy yilda qabul qilgan samarali strategiyamiz bor va uni töliq amalga oşiriş kerak. OITSga barham beriş uçun tengsizliklarni bartaraf etiş – bu qatʼiy siyosiy islohotlar va resurslarni talab qiladigan siyosiy tanlovdir. Biz yölning ayriliş nuqtasiga keldik. Rahbarlar jiddiy harakat qiliş yoki harakat qilgandek körsatiş tanlovi oldida turibdi”, deydi Vinni Byanima.

×