Bir bemor 522 marta tez yordam çaqirgani maʼlum qilindi

Bir bemor 522 marta tez yordam çaqirgani maʼlum qilindi

Ayol kuniga 2-3 marta tez tibbiy yordam çaqiradi, operatorlarning hammasi uni tanib qolgan, deydi koll-markaz bölimi mudiri Nasiba Mahmudova.

“Tez tibbiy yordamga böladigan har bir çaqiriq qayd etib boriladi. Şunday bemorlar borki, ularning kimligi va qanday kasallik bezovta qilayotganligi yod bölib ketgan kişiga.

Toşkent şahrida istiqomat qiluvçi ayol 522 marotaba tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. 60 ga yaqin mavjud operatorlarning barçasi bu ayolni tanib qolişgan. Sababi u har kuni 2-3 bor çaqiriqni amalga oşiradi.

Baʼzi bemorlarga tez tibbiy yordam muhim holatlardagina çaqirilişi kerakligini tuşuntirsangiz, ular bizning faoliyatimizdan norozi bölişadi”, – deya Nasiba Mahmudovaning sözlarini keltirmoqda 28 dekabr kungi press-turda qatnaşgan Kun.uz muxbiri.

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimovning sözlariga köra, yangi yilda tez tibbiy yordamga çaqiriqlar soni keskin oşadi.

“Heç kimga sir emaski, Yangi yilda tez tibbiyga çaqiriqlar soni keskin oşadi. Ular asosan ikki holatda: pirotexnika vositalaridan kuyiş hamda intoksikatsiya, yaʼni köp ovqat isteʼmol qiliş natijasida organizmning hazm tizimida muammolar yuzaga kelişi (bökib qoliş) natijasida kelib çiqadi.

Şunga mos ravişda poytaxtda boş markaz, hududlarda 13 ta markazlar hamda 180 ta sub markazlar işga şay holatda turadi va kun-u tun faoliyat körsatadi.

Öt pufagi va oşqozon-içak tizimida muammosi bor bemorlar bayram kunlari taomlaniş rejimiga amal qilişlari va ortiqça ovqatlanişdan ehtiyot bölişlari lozim”, – deydi şifokor.

×