Xabaringiz bölsa joriy 2020 yilning 3 aprelida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼektlarini qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-5978-sonli Farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonning 2-bandiga asosan
Joriy yilning mart – iyun oylarida tölaş muddati tugaydigan bolalari bölgan oilalarga nafaqa, bola parvarişi böyiça nafaqa va moddiy yordamlar tölaş ularni tölaşni yangi muddatda davom ettiriş töğrisidagi ariza hamda boşqa hujjatlarni talab qilmagan holda 6 oy muddatga (biroq bola tegişliça 2 yoşga va 14 yoşga tölgunidan köp bölmagan muddatda) tanaffussiz davom ettirilişi va ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tölaşni uzaytiriş bilan boğliq xarajatlar inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi hisobidan qoplanişi belgilangan.
Agar Siz yuqoridagi nafaqa turlaridan birini olayotgan bölsangiz va uning tölaniş muddati mart, aprel, may, iyun oylarida tugagan bölsa va keyingi 6 oyga tanaffussiz uzaytirilmagan bölsa, unda zudlik bilan bu haqda öz xududingizdagi adliya organlariga yoki boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişingiz mumkin.
N.Xasanov
Uyçi tuman adliya bölimi yetakçi maslahatçisi









