Gulnora Karimovaning hibs muddati beşinçi marta uzaytirilgani maʼlum qilindi

Gulnora Karimovaning hibs muddati beşinçi marta uzaytirilgani maʼlum qilindi

Gulnora Karimovaning hibs muddati beşinçi marta uzaytirildi, deb xabar qildi özining Instagram sahifasida Imon Karimovaga asoslanib Sof.uz.

Şu bilan birga, Gulnora Karimovaning qizi onasining qamoq jazosi muddati qaçon, kim tomonidan va qança muddatga uzaytirilganligi haqida aniqlik kiritmagan.

"Ötkazilayotgan tergovning boş maqsadi - Gulnora Karimovani barça ehtimoliy iqtisodiy va ijtimoiy muammolarda aybdor qiliş", - deb yozadi Imon.

Imonning sözlariga köra, tez orada yangi maʼlumotlar çiqişi kutilyapti.

Eslatib ötamiz, joriy yil iyul oyida iman.k17 akkauntida Gulnoraning qamoqda saqlanişi mavzusiga doir maʼlumotlarning çop etilişiga doir savolga javoban Imon Karimova uşbu sahifa haqiqatda öziga tegişli ekanligini, ammo xabarlar boşqalar tomonidan tayyorlanişini maʼlum qilgan edi.

Maʼlumot uçun, Özbekiston birinçi prezidentining qizi Gulnora Karimova Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Karimova jazoni ötaş tartibi va şartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunçiligiga muvofiq, Özbekiston IIV Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, 2019 yil 5 martda jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning ötalmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qiliş jazosi bilan almaştirilib, umumiy tartibli koloniyada ötaşi belgilangan.

Sal oldin Boş prokuratura Gulnora Karimovaning çet eldagi aktivlarini qaytariş böyiça işlarni davom ettirayotganini maʼlum qilgan edi.

Boş prokuratura Gulnora Karimovaning 12 xorijiy mamlakatda jami 1,5 milliard dollar mol-mulki borligini aniqlagan. Şundan eng kattasi qismi – 800 million dollarlik mulk Şveytsariyada saqlanadi.

×