Özbekiston Respublikasining umumiy taşqi qarzi joriy yilning boşiga nisbatan 11 foizga yoki 3,7 mlrd dollarga oşib, 2021 yil 1 oktyabr holatiga 37,6 mlrd dollarni (joriy yilning 1 yanvar holatiga 33,8 mlrd. dollar) taşkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bankning Özbekistonning 2021 yilning 9 oyi uçun Tölov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va taşqi qarzi böyiça şarhida körsatib ötilgan.
Qayd etilişiça, yil boşiga nisbatan davlat taşqi qarzi 7 foizga yoki 1,5 mlrd. dollarga ösib 22,9 mlrd dollarni, davlat tomonidan kafolatlanmagan taşqi qarz esa 18 foizga yoki 2,2 mlrd. dollarga ösib 14,7 mlrd dollarni taşkil etdi.
2021 yilning 9 oyi uçun joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 5,1 mlrd dollar (2020 yilning 9 oyida 279,2 mln. dollar) miqdorida şakllangan. Bunda, savdo balansining (tovarlar va xizmatlar) manfiy saldosi (9,7 mlrd. dollar) birlamçi va ikkilamçi daromadlarning ijobiy saldosi (4,6 mlrd. dollar) hisobiga qisman qoplangan.
Joriy yilning 9 oyida moliyaviy hisobning manfiy saldosi 6,0 mlrd dollarni taşkil etgan. Bunda, moliyaviy hisob defitsitining ösişiga asosiy sabab kreditlar va qarzlar böyiça norezidentlar oldidagi majburiyatlar 2,7 mlrd dollarga, töğridan-töğri investitsiyalar 1,7 mlrd dollarga hamda portfel investitsiyalarida qimmatli qoğozlar çiqarilişi evaziga 1,3 mlrd dollarga ösişi asosiy sabab böldi.
Hisobot davrida mamlakatning çet el valyutasidagi aktivlari 68,3 mlrd dollarni, taşqi majburiyatlarining hajmi esa 51,4 mlrd dollarni taşkil etdi. Şu munosabat bilan, Özbekiston Respublikasining sof investitsion pozitsiyasi yil boşiga nisbatan 17 foizga yoki 3,4 mlrd. dollarga qisqarib, joriy yilning 1 oktyabr holatiga 16,9 mlrd. dollarni taşkil etmoqda.









