Özbekistonning taşqi qarzi 23,2 mlrd dollarga yetdi

Özbekistonning taşqi qarzi 23,2 mlrd dollarga yetdi

Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqovning maʼlum qilişiça, 1 iyul holatiga Özbekistonning davlat qarzi miqdori 25,9 milliard dollarga yetib, uning tarkibidagi taşqi qarz hajmi 23,2 milliard dollarini taşkil qilmoqda.

Vazir örinbosari bu haqda bugun, 4 avgust kuni bölib ötayotgan Senatning 29-yalpi majlisida maʼlum qildi.

«Davlat taşqi qarzi hisoblangan 23,2 mlrd dollar asosan, byudjetni qöllab-quvvatlaş, infratuzilma, sanoat va qişloq xöjaligi loyihalariga yönaltirilgan», – dedi Isoqov.

Şuningdek, Odilbek Isoqov davlat qarzini YAIMning 60 foizigaça qilib belgilanişi maqsad emas, balki eng yuqori çegara ekanligini taʼkidlaydi.

«Bu eng yuqori çegara, maqsad emas. Hozirgi davlat qarzi Özbekiston  yalpi içki mahsulotining 37 foizini taşkil qilyapti. Yil oxirigaça 40 foizga yetişi kutilmoqda. Biz yana 20 foiz bufer olganmiz.

Pandemiya davridagi iqtisodiy inqirozlardan saboq olib, biz yana 10 foiz bufer kerakligi haqida xulosa qildik», – deydi vazir Isoqov.

Qayd etilişiça, taşqi qarz quyidagi sohalarga yönaltirilgan:

Byudjetni qöllab-quvvatlaşga – 6 mlrd AQŞ dollari;

Yoqilği-energetika sohasiga – 5,6 mlrd AQŞ dollari;

Transport va transport infratuzilmasiga – 2,5 mlrd AQŞ dollari;

Qişloq va suv xöjaligiga – 2,4 mlrd AQŞ dollari;

Uy-joy kommunal xöjaligiga – 2,2 mlrd AQŞ dollari;

Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaşga – 1,5 mlrd AQŞ dollari;

Kimyo sanoatiga – 1,1 mlrd AQŞ dollari;

Taʼlim va soğliqni saqlaşga – 700 mln AQŞ dollari;

Boşqa strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga  – 1 mlrd AQŞ dollari.

×