Qimmatga tuşgan xato: “Tolibon” Duşanbedagi elçixonaga qariyb $1 mln ötkazib yuborgan

Qimmatga tuşgan xato: “Tolibon” Duşanbedagi elçixonaga qariyb $1 mln ötkazib yuborgan

Afğonistonda hokimiyatni egallagan toliblar Afğonistonning Duşanbedagi elçixonasi hisobiga yanglişib 800 ming dollar ötkazib yuborgan. Afğoniston elçisi Muhammad Zohir Agbar bu mablağ ularga qaytarilmasligini maʼlum qildi.

Taʼkidlanişiça, davlat töntarişi paytida Afğonistondan qoçib ketgan Prezident Aşraf Ğani hukmronligining sönggi kunlarida Afğonistonning Duşanbedagi elçixonasiga 786 ming dollar “xatolik” bilan ötkazilgan va hozirda “Tolibon” pullarni qaytarib berişni talab qilib xat jönatgan. 

“Tolibon”ning deyarli 800 ming dollar bölgan uşbu mablağni talab qilişga haqqi yöq, çunki Afğoniston elçixonasi Afğoniston Islom Respublikasining rasmiy diplomatik idorasi hisoblanadi va şuning uçun bu yerga turli miqdorda mablağlar kelib tuşadi, ular haqida “Tolibon” savol berişga haqli emas”, degan elçi. 

U elçixona “Tolibon”ni tan olmasligini eslatgan. 

“Biz deyarli butun dunyo kabi “Tolibon”ni rasman tan olmaymiz va ular bizdan qonuniy hukumatning pullarini qaytarişimizni talab qiladigan kim bölibdi? Hozir biz (elçixona) kiçik bir Afğonistonmiz, köp sonli fuqarolarimiz şu yerda yaşab, işlaydi. Duşanbeda biz yordam bera oladigan 10 mingga yaqin afğonlar yaşaydi va işlaydi”, degan Agbar. 

Maʼlumot uçun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afğoniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga böysunmay turgan yagona viloyat – Panjşer egallangaç, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni şakllantirdi.   

Qayd etiş kerakki, toliblar Afğonistonda hokimiyatga kelgaç, minglab afğonlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afğonistonda tarafdorlari köpligiga şubha yöq, biroq ular hokimiyatga kelgaç köplab qiyinçiliklarga uçramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yöqotişlar katta.

×