Duşanbedagi şifoxonada birvarakayiga 4 nafar bemor pnevmoniyadan vafot etdi

Duşanbedagi şifoxonada birvarakayiga 4 nafar bemor pnevmoniyadan vafot etdi

Tojikistonning Duşanbe şahar şifoxonalaridan birida birvarakayiga 4 nafar bemor pnevmoniyadan vafot etdi. Bu haqda Xabardor yozdi.

Uşbu xabarni şifoxona boş vraçi Xurşed Rustamzodadan tasdiqlatib olgan “Aziya-Plyus” uning “afsuski, bugun şifoxonamizda eng katta yoşlisi 60 yoş bölgan 4 nafar erkak kişi pnevmoniyadan vafot etdi” degan sözlarini ham keltirmoqda.

Uning sözlariga köra, törtala bemorda ham koronavirusga topşirilgan tahlil natijalari salbiy çiqqan. Ayni vaqtda bu şifoxonada yuzdan ortiq bemor pnevmoniya taşxisi bilan davolanmoqda.
“Ulardan uç nafari oğir ahvolda”, deydi şifoxona boş vraçi.

Maʼlum qilinişiça, Soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya qiliş vazirining örinbosari Şodixon Jamşed koronavirus profilaktikasiga bağişlangan yiğilişda sönggi kunlarda kuzatilgan noqulay ob-havo şaroiti nafas yöllari kasalliklarini, jumladan pnevmoniya kasalligini urçitib yuborganligini aytgan.

Respublika tibbiy statistika va mamlakat Soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya qiliş vazirligi maʼlumotlariga köra, ötgan yili pnevmoniya bilan kasallanganlar soni 12 802 nafarni taşkil qilgan. Maʼlumotda qayd etilgan ölimlar soni böyiça aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Tojikistonning Suğd viloyati Jabbor Rasulov tumanida yaşovçi fuqarolardan biri – karantinda saqlab kelingan Hojimuhammad Toşevning ahvoli 10-aprelda yomonlaşgan va 11-aprelga ötar keçasi vafot etgan.

Manba: Aniq.uz

×