«Menga taʼsir qilmaydi, menga tegişli emas ekan, deganlar xato qiladi». Prezident koronavirusga qarşi ogohlikka çaqirdi

«Menga taʼsir qilmaydi, menga tegişli emas ekan, deganlar xato qiladi». Prezident koronavirusga qarşi ogohlikka çaqirdi

Şavkat Mirziyoyev 19 mart kuni koronavirus pandemiyasining aholi turmuşi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumşatiş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazdi.

«Bitta narsani bilişlaring kerak: menga taʼsir qilmaydi, menga tegişli emas ekan, degan rahbar, fuqaro, tadbirkor va umuman oqsoqollarimiz, yoşlarimiz xato qiladi. Bu narsa hammamizga boğliq. Hammaga taʼsir qiladi.

Agar kimda-kim kasalligini bilib, yaşirib, uyda ötirsa, xalqimizga xavf-xatar yetkazadigan omilga aylanadi. Bu böyiça jinoiy javobgarlik bor.

Endi bu xavf-xatar taşqaridan kelişi mumkin emas – hamma yer yopildi. Faqat içkaridagi kasallanganlarni öz vaqtida aniqlab, profilaktika işlarini töğri yölga qöyişimiz zarur», – deya davlat rahbari sözlarini keltirgan «Kun.uz»

Prezident, şuningdek, hokimlarni koronavirusga qarşi ogohlikka çorladi.

«Har bir hokim bitta narsani bilişi kerak: bu mening viloyatimga kelmadi, bizning tumanimiz tinç, deb bemalol yurişlaring – xiyonat. Takror-takror aytaman, barça profilaktik işlarni, aytilgan çora-tadbirlarni hamma öz vaqtida bajarişi kerak», – degan u.

Davlat rahbari öz xonadonlarida izolyatsiyada bölişi belgilangan fuqarolarning tartibni buzişi holatlariga ham töxtaldi.

«Köçaga çiqişi man etiladi. Nega desangiz, u mana şu kasallikning tarqatuvçisi bölişi mumkin. Işni markazlaşgan tarzda taşkil etiş oson, lekin bizdagi maʼlumot böyiça, köp joylarda markazlaşgan joylarda ham taşqariga çiqayotganlar bor ekan. Bu man etiladi.

Jiplaşib, hammamiz bir bölib, aytilganlarni bajarib, şifokorlarning tavsiyalariga rioya qilsak, hammasi joy-joyiga tuşadi», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 18 mart, çorşanba kuni, bölib ötgan videoselektor yiğilişida koronavirus böyiça xalqqa murojaat qilgandi. Şuningdek, davlat rahbari mazkur pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy taʼsirlarini kamaytiriş maqsadida zarar körişi mumkin bölgan sohalardagi kompaniyalarga soliq taʼtillari berilişi rejalaştirilayotganini maʼlum qilgan edi.

×