DXX Andijonda 12 nafar “Hizb ut-Tahrir” aʼzosini uşladi

DXX Andijonda 12 nafar “Hizb ut-Tahrir” aʼzosini uşladi

Joriy yilning 22 dekabr kuni Andijon viloyatida istiqomat qiluvçi Özbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik taşkiloti tarafdorlarining faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Mavjud tezkor maʼlumotlarga köra, muqaddam “Hizb ut-Tahrir” safida faoliyat olib borgani uçun uzoq yillar jazo muddatini ötab çiqqan 1968 yilda tuğilgan “A.A.” jinoiy faoliyatini tiklab, 11 nafar sobiq ğoyadoşlarini özining noqonuniy harakatlariga jalb qilgan.

Uşbu şaxslarning barçasi muqaddam “Hizb ut-Tahrir” taşkilotiga aʼzo bölganligi uçun jazo muddatini ötab çiqişgan. Ular hukumat tomonidan körsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va maʼnaviy kömakka qaramasdan jinoiy til biriktirib, aholi orasida hamda Internet tarmoği orqali ekstremistik ğoyalarni tarğib qiliş va şu yöl bilan saflarini kengaytirişga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etişgan.

Hibsga olingan şaxslarda ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylaştirib olib qöyilgan.

Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov-suriştiruv tadbirlari amalga oşirilmoqda.

×