Qöqonda “Hizb ut-Tahrir” aʼzosi uşlandi

Qöqonda “Hizb ut-Tahrir” aʼzosi uşlandi

Qöqonda Özbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik taşkiloti tarafdorining faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Mavjud maʼlumotlarga köra, muqaddam “Hizb ut-Tahrir” safida faoliyat olib borganligi uçun 2000-2004 va 2007-2013 yillarda jazo muddatini ötab çiqqan 43 yoşli “M.A.” jinoiy faoliyatini tiklab, Facebook orqali ekstremistik ğoyalarni tarğib qiliş va şu yöl bilan “tahrirçilar” safini kengaytirişga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan.

“M.A.” Facebook’dagi elektron manzili orqali virtual döstlariga “Hizb ut-Tahrir” DETning audio-video materiallarini, şuningdek taşkilotning faol virtual yollovçisi va tarğibotçisi “Maxmud Abdulmömin” taxallusli, 1980 yil Qirğizistonda tuğilgan Mahmudjon Xoldarovning maʼruzalarini tarqatib kelgani aniqlandi.

Hozirda uşbu şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov-suriştiruv tadbirlari amalga oşirilmoqda.

×