U bir xonadonning 5 nafar aʼzosini sababsiz piçoqlagan, ulardan biri halok böldi, tört nafari jarohatlandi.
Boş prokuratura matbuot xizmati UzNews.uzga xabar berişiça, joriy yilning 3 yanvar kuni Nukusda bir yillik xizmatni ötayotgan askar harbiy qismdan çiqib ketib, mast holatda ötkir tiğli jism bilan eşigi oçiq turgan xonadonga kirib uxlab yotgan 5 nafar fuqaroni sababsiz piçoqlagan va buning oqibatida jabrlanuvçilarning biri vafot etgan. Qolgan 4 nafariga şifoxonada zarur tibbiy yordam körsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismi va 25, 97-moddasi (qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) 2-qismi «a, l» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 2005 yilda tuğilgan gumonlanuvçi şaxs protsessual tartibda uşlangan.
Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.









