Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni 60 yoşni qarşilagani bilan qutladi.
“Hurmatli Ilhom Haydar öğli Sizga oltmiş yillik yubileyingiz munosabati bilan samimiy va ezgu tilaklarimni bildirişdan juda mamnunman.
Ötgan davrda Siz xalqaro maydonda katta obrö-eʼtibor va işonç qozongan, öz mamlakati taraqqiyoti va xalqi farovonligiga munosib hissa qöşgan haqiqiy rahbar, davlat arbobi sifatida munosib eʼtirof etildingiz”, deyiladi tabrikda.
Şavkat Mirziyoyev bugun Ozarbayjonda Aliyev rahbarligda keng kölamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, samarali quriliş işlari amalga oşirilayotganini taʼkidlagan.
“Joriy yilning noyabr oyida Istanbulda bölib ötgan Turkiy kengaş sammitida sizga topşirilgan “Turk dunyosi oliy ordeni” qardoş xalqlarimiz hamjihatligi va mintaqada barqarorlikni taʼminlaş borasidagi keng kölamli faoliyatingiz eʼtirof etilganining yorqin dalilidir.
Sönggi yillarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, qişloq xöjaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi strategik şeriklik munosabatlari xalqlarimizning umumiy tarixiy, diniy va madaniy ildizlari asosida, şuningdek, özaro manfaatli hamkorlik asosida faol rivojlanib borayotganidan ğoyat mamnunmiz”, degan Şavkat Mirziyoyev tabrigida.
Özbekiston rahbari yuqori va oliy darajadagi muzokaralar muntazam davom etayotganini, ayniqsa, joriy yilning noyabr oyida bölib ötgan samarali muloqot va uçraşuvlar iki davlat örtasidagi strategik şeriklikni çuqurlaştiriş, köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirişga xizmat qilişini qayd etgan.
“Hurmatli Ilhom Haydar öğli, fursatdan foydalanib, sizni hayotingizning unutilmas kuni bilan yana bir bor tabriklayman. Sizga uzoq umr, mustahkam soğlik, oilaviy baxt, masʼuliyatli davlat faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar, qardoş Ozarbayjon xalqiga esa tinçlik, farovonlik va yanada yuksak taraqqiyot tilayman”, deya sözini yakunlagan Özbekiston Prezidenti.
Maʼlumot uçun, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 1961 yil 24 dekabr kuni tavallud topgan. U 2003 yil 31 oktyabrdan beri Ozarbayjonni boşqarib keladi.









