«Trimol» dori vositasining umumiy körinişi va nomidan foydalanib, «Turmol» tabletkalarini işlab çiqarayotgan namanganlik «uddaburon tadbirkor»ning faoliyati foş etildi.

Intellektual mulk agentligi «Trimol» tovar belgisiga öxşaş dori vositasini qonunga xilof ravişda işlab çiqarayotgan «Marrymed Pharm» MÇJ masalasini örganib çiqqan. Bunga Hindistonning «AJANTA PHARMA LIMITED» kompaniyasining Özbekistondagi vakolatxonasi eʼtirozi sabab bölgan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Agentlik murojaatga asosan holat böyiça işni örganib, Maʼmuriy sudga bayonnoma kiritdi. Natijada, «Marrymed Pharm» MÇJga BHMning 3 baravari miqdorida, yaʼni 669 ming söm jarima jazosi tayinlandi.
«Aslida, qaroqçi tadbirkorlik faoliyatining oldini oliş va bunga çek qöyiş uçun BHM 3 baravari miqdorida jarima jazosi – yeçim emas. Bu borada aholining huquqiy ongini oşiriş hamda özganing tovar belgisidan noqonuniy foydalangan tadbirkorlarga nisbatan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş maqsadga muvofiqdir», – deyiladi agentlik xabarida.
Ötgan yili Intellektual mulk agentligining kuzatuvlari natijasida respublikadagi 616 ta dorixonada bozori çaqqon, aholiga yaxşi taniş bölgan dori vositalarining nomlanişi va qadoği isteʼmolçilarni çalğitiş darajasida juda öxşaş bölgan «Turmol», «Terlaflyu», «Mer teraflyus», «Kitonal gel», «Kitonal ampula», «Noşpen» hamda «Azimaks» kabi kontrafakt dorilar sotilayotgani aniqlangan.
Maʼlumot uçun, agentlik töğridan töğri tadbirkorlar faoliyatiga aralaşib, kontrafakt mahsulotlar işlab çiqarişiga taqiq qöya olmaydi. Şu sababli fuqarolardan öz soğliklariga befarq bölmaslikni, farmatsevtlar esa öz mahsulotlarining kontrafakt nusxasiga duç kelganda nohalol tadbirkorga nisbatan qonuniy çora köriş kerakligi haqida Intellektual mulk agentligining (71) 232-50-54 işonç telefonlari yoki telegramdagi @ima_monitoring_bot orqali murojaat qilişlari mumkin.









