Namanganlik tadbirkor 33 nafar talabaning kontrakt pulini tölab berdi

Namanganlik tadbirkor 33 nafar talabaning kontrakt pulini tölab berdi

Bugungi kunda Namangan davlat universitetida yangi 2021-2022 öquv yilida 16ta fakultet va 2ta bölimda 52ta bakalavriat hamda 25ta magistratura mutaxassislik yönalişlarida jami 23 ming 738 nafar yigit-qiz tahsil olmoqda. Talabalarning 19 ming 534 nafari esa tölov-kontrakt asosida öqiyotganlardir. Qolaversa, 710 nafar boquvçisini yöqotgan, 27 nafar çin yetim talaba ham bor. Bu haqida UzA xabar bermoqda.

Tabiiyki, pandemiya şaroiti va oilaviy holatidan kelib çiqib, şartnoma pullarini töliq hisob-kitob qilişda qiynalayotgan ayrim talabalar ham yöq emas.

Universitet maʼmuriyatining taşabbusi bilan xayrli işga qöl urildi. Ismi-şarifi oşkor qilinişini istamagan saxovatli tadbirkor homiyligida 33 nafar ehtiyojmand talabaning 107 million söm miqdoridagi yarim yillik kontrakt pullari tölab berildi.

×