Surxondaryo viloyat prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda "Jarqörğon çevarlari" tikuv tsexi bilan boğliq tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Namangan viloyatidan taşrif buyurgan tadbirkor T.G. 2019 yil 08 may kuni “Surxon Mulk Textile” MÇJni taşkil etib, Surxondaryo viloyatida röyxatdan ötkazib, Jarqörğon tumaniga kelib, tumandagi mutasaddi taşkilotlar orqali 2019 yil may oyida “Har bir oila tadbirkor” degan mazmunda davlat dasturi bor” deb tumandagi işsiz bölgan 93 nafar xotin-qizlarni yiğib, ularning nomiga bankdan 15 mln. sömdan kredit mablaği ajratilişini, kredit mablaği hisobiga tikuvçilik maşinkalari va xom aşyo mahsulotlari sotib olib, tikuvçilik tsexi oçib, işsiz xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaşini, bankdan olingan har bir fuqaroning kredit mablağlari va unga hisoblangan foizlarni özi tölaşini vaʼda qilib, fuqarolarning işonçiga kiriş uçun ularga yiğilişning özida bankdan ajratilgan pul mablağlarini MÇJ hisobidan tölab berilişi haqida kafolat xatlari yozib berib, ATB “Qişloq Quriliş bank” Jarqörğon filialidan 93 nafar xotin-qizlar nomiga jami 1 mlrd. 395 mln söm kredit ajratilişiga erişib, firibgarlik yöli bilan özlaştirib ketganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 26.01.2021 yilda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamentining Jarqörğon tuman bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
27.01.2021 yilda jinoyat işi tegişlilik böyiça Jarqörğon tumani IIBga yuborilgan va öşa kuni Tergov bölinmasi tomonidan iş yurituvga olinib, T.G. gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb etilib, fuqarolar guvoh tariqasida söroq qilingan.
Mazkur jinoyat işi yuzasidan T.G. tomonidan fuqarolarni iş bilan taʼminlaş uçun 93 nafar fuqarolarning nomiga 15 mln. sömdan kredit çiqartirib, çiqarilgan kredit pullarini tölaş uçun kafolat xat berganligi, MÇJ taşkil etib, fuqarolarni iş bilan taʼminlaganligi, 2020 yil mart oyidan boşlab pandemiya bölganligi sababli tölaşga imkoniyati bölmaganligi, hozirda bankka kredit tölovlarini yaʼni, bank foizlarini tölatiş çoralari körilayotganligi sababli jinoyat işining tergov muddati 01.03.2021 yildan 29.03.2021 yilga qadar JPKning 364-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan töhtatilgan.
T.G. tomonidan ATB “Qişloq Quriliş banki” ga 93 nafar fuqarolarning nomiga çiqarilgan kredit foizlarini tölaş maqsadida 161.050.000 sömlik tikuv tsexida tikilgan har xil turdagi kiyim keçaklar berilgan.
19.04.2021 yil holatiga köra, ATB “Qişloq Quriliş banki” dan 93 nafar fuqarolarning nomiga çiqarilgan kreditning qoldiqdagi jami qarzdorligi 554.392.785 söm miqdorida, foiz qarzdorligi esa 90.049.251 sömni taşkil etadi.
ATB “Qişloq Quriliş bank” dan 93 nafar fuqarolarning nomiga çiqarilgan kreditning muddati 06.12.2022 yilga qadar belgilangan.
Xabarda körsatilgan boşqa mulkiy nizolar taalluqliligi böyiça sudlarda körilib, qonuniy töhtamga kelingan bölib, viloyat prokuraturasi xodimlariga nisbatan keltirilgan vajlar rad etiladi.









