«Debyut - 2021» yoşlar milliy kinofestivali bölib ötadi

«Debyut - 2021» yoşlar milliy kinofestivali bölib ötadi

21-28 dekabr kunlari yangi yil bayrami munosabati bilan Özbekiston Kinematografiya agentligi, «Yoşlik» studiyasi tomonidan «Debyut - 2021» yoşlar milliy kinofestivali bölib ötadi.

Unda yil davomida yoş kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan eng sara qisqa metrajli filmlar tanlab olinib, ğoliblar maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Bir hafta davom etadigan milliy festivalda şuningdek, mahorat darslari, pitçinglar, turli janrdagi qisqa metrajli filmlarning taqdimoti, yoşlar uçun şou-kontsertlar taşkil etiladi.

Kinofestival «Milliy kinematografiya — Yangi Özbekistonning timsoli» kinooyligi doirasida ötkazilayotgan bölib, kinooylik 2022 yil 14 yanvargaça davom etadi.

×