Namangan viloyat prokurori J.J.Xatamov iştirokida “Prokuror va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi.

Namangan viloyat prokurori J.J.Xatamov iştirokida “Prokuror va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi.

Uçraşuvda sektor rahbarlari, tijorat banklari, Yoşlar işlari agentligi, bandlik, mahalla va boşqa mutasaddi taşkilotlar rahbarlari hamda 40 ga yaqin yoşlar iştirok etişdi.

Viloyat prokurori yoşlarning har bir murojaatini diqqat bilan tingladi va ularga zarur tavsiyalarni berdi.

Yoşlardan 48 ta masalalar yuzasidan kelib tuşgan murojaatlarning 10 tasi joyiga çiqib örganiş orqali şu kuning özida ijobiy hal qilindi, 20 ga yakin arizalar qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Xususan, Uçqörgon tumanida yaşovçi A.A.ning çorvaçilikni rivojlantiriş uçun imtiyozli kredit ajratiş masalasida qilgan murojaati şu kunning özida AT "Xalq bank" tuman filiali tomonidan qanoatlantirildi.

Yoki, yoşlardan yana biri – I.D.ning tadbirkorlik faoliyatini boşlaş uçun imtiyozli kredit asosida issiqxona qurib beriş haqidagi murojaati şu joyning özida hal etildi.

Tadbir davomida yoşlarga tumandagi "Uztex" qöşma korxonasiga sayohat uyuştirilib, korxona faoliyati bilan yaqindan taniştirildi.

Tadbir yakunida kiçik biznesni yuritişga iştiyoqmand yoşlarga sohaga oid maʼlumotlar berildi.

Yoşlar bilan işlaşning yangiça tizimida işlaş borasidagi bu kabi tadbirlar viloyatning barça tuman-şaharlarida davom etmoqda.

×