Namanganda 62-xalqaro gullar festivali bölib ötadi

Namanganda 62-xalqaro gullar festivali bölib ötadi

Namanganda 21 maydan 4 iyunga qadar xalqaro gullar festivali bölib ötadi. Oltmiş ikkinçi bor ötkaziladigan festivalga 2,5 milliondan ortiq mehmonlar taşrifi kutilmoqda. Tadbir Madaniyat va turizm vazirligi, Namangan viloyati hokimligining Madaniyat va turizm boşqarmasi hamkorligida taşkil etiladi.


Taʼkidlaş kerakki, festival öz tarixida ikkinçi bor ikki hafta (joriy yil may oyining sönggi haftasi va iyun oyining birinçi ön kunligida) davom etadi.

2022 yilda festivalga 30 dan ortiq xorijiy davlatlardan mehmonlar taşrif buyurgan bölsa, bu yil 40 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar taşrifi kutilmoqda. Ular orasida diplomatik korpus vakillari, Namangan bilan birodarlaşgan viloyat va şaharlar mutasaddilari, hamkor qöşma korxonalarning çet ellik rahbarlari ham qatnaşişi rejalaştirilgan.

Qolaversa, bayramda iştirok etadigan gulçilar geografiyasi ham kengaydi: ötgan yili Janubiy Koreya, Hindistondan gulçilar körgazmada iştirok etgan bölsa, bu yil Germaniya, Hindiston, Polşa, Janubiy Koreya, Qirğiziston va Italiya gulçilari qatnaşadi.

Bundan taşqari, festival bölib ötadigan Namangan şahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli istirohat boğida 15 million, şahar köçalarida 10 million, jami 25 million gul va köçatlar ekiş rejalaştirilgan. Şuningdek, şahar köçalari turfa xil şaklda bezatiladi.

Qayd etiş joizki, hozirgi kunda Namangan viloyatidagi 25 ta mehmonxona, 9 ta xostel, 526 ta oilaviy mehmon uylari, 6 ta yotoqxona, 18 ta sanatoriy va 4 ta dam oliş maskani 8,5 mingdan ortiq mehmonni qabul qiliş imkoniyatiga ega. Festival arafasida esa yana 5 ta mehmonxona işga tuşiriladi.

Şu bilan birga, festival mehmonlariga xizmat körsatiş uçun jami 80 kişidan iborat volontyorlar guruhi şakllantirilmoqda. Xorijiy tillarni puxta özlaştirgan yoşlar şaharning möʼjaz xaritalari va bukletlar bilan taʼminlanadi.

Festivalning madaniy dasturi ham boy va qiziqarli bölişi kutilmoqda. Xususan, «Zahiriddin Muhammad Bobur» nomli istirohat boği, «Afsonalar vodiysi» tematik parkida örnatiladigan sahnalarda şoir va yozuvçilar, tsirk ustalari, özbek estradasi yulduzlari va folklor ansambllari çiqişlari namoyiş etiladi.

Festival yakunida tadbirda munosib iştirok etgan gulçilar va korxona-taşkilotlar bir neça nominatsiyalar böyiça taqdirlanadi.


×