Monopoliya yöq böladi

Monopoliya yöq böladi

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy taʼsir körsatadigan tösiqlarni bartaraf etiş va tadbirkorlik faoliyati yönalişlarini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasini işlab çiqib, muhokamaga qöydi.

Uşbu qarorga muvofiq 2022 yil 1 iyuldan boşlab:

aeroportlar, yöl quriliş, elektr va issiqlik energiyasini işlab çiqariş, issiqlik taʼminoti, neft mahsulotlarini sotiş va boşqa sohalardagi korxonalarning davlat uluşlarini bosqiçma-bosqiç xususiy sektorga sotilişi;

rangli metallarning parçalari va çiqindilarini sotib oliş, qayta işlaş, sotiş va tayyorlaş faoliyati bilan xususiy sektor şuğullanişi mumkinligi;

2022-2026 yillarda xususiy sektorni keng jalb qiliş hamda eksklyuziv huquqlarni bekor qiliş orqali mavjud monopoliyalarni bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlaş taklif qilindi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi ikki oylik muddatda tabiiy monopoliyalar infratuzilmalaridan xususiy sektorni teng-şaroitlarda foydalanişini taʼminlaş maqsadida  tabiiy monopoliya sohalarini tartibga soliş hamda asosiy faoliyat turi tabiiy monopoliya bölmagan subʼektlar faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi tartib işlab çiqiş vazifasi qöyildi.

Qaror ilovasida körsatilgan tegişli vazirlik va idoralar ikki oy muddatda:

ilovada körsatilgan faoliyat turlari bilan barça xöjalik yurituvçi subʼektlarga erkin şuğullanişini taʼminlaşga qaratilgan “Yöl xaritalari”ni işlab çiqib, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bilan kelişilgan holda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlaş uçun kiritiş belgilandi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri Abdulla Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Ş. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

×