Pensiya tayinlaşda özgarişlar böladi

Pensiya tayinlaşda özgarişlar böladi

Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarga davlat pensiyasini tayinlaş jarayonini soddalaştiriş hamda pensiya va nafaqalarni fuqarolarga yetkaziş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda pensiyalarni tayinlaşda 30 turdagi hujjatlar talab etiladi hamda mazkur maʼlumotlarni taqdim etişga masʼul 14 dan ortiq vazirlik va taşkilotlarda idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va maʼlumotlar bazalari mavjud emasligi qoğoz şaklida iş yuritişdan voz keçiş va hujjatlarni yiğiş jarayonini elektron şaklga ötkazişga tösqinlik qilib kelmoqda.

Qarorga binoan:

2022 yil 1 apreldan boşlab pensiyalarni hisoblaş fuqarolarning «Yagona mehnat milliy tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi örinlarda – YAMMT IDAK)ga kiritilgan mehnat staji, oliy öquv yurtlaridagi kunduzgi taʼlim va harbiy xizmat davri töğrisidagi elektron maʼlumotlari asosida amalga oşiriladi.

Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlaş va tölaşning avtomatlaştirilgan tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş, jumladan pensiyalarni tayinlaş uçun faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi bilan murojaat qiliş kifoya böladigan tizimni joriy etiş böyiça Yöl xaritasi (keyingi örinlarda – Yöl xaritasi) tasdiqlanadi.

2022 yil 1 yanvardan boşlab:

  • Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi (keyingi örinlarda Pensiya jamğarmasi) tomonidan moliyalaştiriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boşqa tölovlarni (keyingi örinlarda pensiya va nafaqalar) tölaş har uç yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri böyiça alohida ötkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki tomonidan amalga oşiriladi;
  • pensiya va nafaqalar yetkazilganligi uçun xizmat haqini tölaş uçun fuqarolarning har oylik pensiya va nafaqa miqdoriga qöşimça 1 foiz ustama joriy qilinadi hamda tölovlarni naqd pulsiz şaklda oliş yoki arzonroq xizmatdan foydalaniş hisobiga iqtisod qilingan mablağ pensiya va nafaqa oluvçining ihtiyorida qoldiriladi;
  • pensiya va nafaqa oluvçilarga Özbekiston Respublikasi hududida şaxsini tasdiqlaydigan, egasining şaxsiy biografik maʼlumotlari qayd etilgan, elektron taşuvçi qurilmaga (çipga) ega bölgan bank kartasi sifatida foydalaniş imkoniyati mavjud maxsus pensiya kartasi joriy etiladi.

Davlat pensiya taʼminoti borasida körsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablariga muvofiqlaştiriş maqsadida Pensiya jamğarmasining taşkiliy tuzilmasi qaytadan tanqidiy körib çiqiladi.

×