Sud tizimida jiddiy özgarişlar böladi

Sud tizimida jiddiy özgarişlar böladi

Kuni keça Özbekiston Respublikasi Oliy sudida «odil sudlovni amalga oşirişda oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş böyiça sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taqdimoti» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.

Taqdimotda sudlar faoliyatini raqamlaştirişda hozirgi kunga qadar qilingan işlar va kelajakdagi belgilab qöyilgan rejalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Prezidentning 2020 yil 3 sentyabrdagi «Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bilan quyidagilarni nazarda tutuvçi 2020-2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlaştiriş dasturi tasdiqlangan:

  • 2021 yil 1 yanvardan boşlab barça sudlarda sud majlislarini iş böyiça taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvçining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib boriş hamda sud majlislari bayonnomalarini uşbu tizimdan foydalangan holda şakllantiriş;
  • 2021 yil 1 iyuldan boşlab apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlarida işlarni sudyalar örtasida avtomatik ravişda taqsimlaş;
  • 2021 yil 1 oktyabrdan boşlab barça iştirokçilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida «SMS» xabar orqali bepul asosda xabardor qiliş;
  • 2022 yil 1 yanvardan boşlab sud qarorlarini iş böyiça taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosnomasi böyiça esa qoğoz şaklida taqdim etiş;
  • 2022 yil 1 iyulga qadar sud hokimiyati organlari faoliyatida, şu jumladan fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlariga odil sudlovga erişişda qulaylik yaratiş maqsadida 10 ga yaqin interaktiv xizmatlar körsatişni yölga qöyiş.

2022 yil 1 yanvardan boşlab sudlar faoliyatiga «Adolat» axborot tizimlari kompleksini joriy etiş belgilandi. Bu tizim davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xöjalik boşqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga daʼvo, ariza va şikoyatlarni faqat elektron şaklda taqdim etiş imkoniyatini beradi.

Qayd etilişiça, sudlar faoliyatini raqamlaştirişning keyingi bosqiçidagi muhim vazifalaridan sud majlislarida videokonferentsaloqa rejimida iştirok etiş imkonini beruvçi mobil dasturni işlab çiqiş va uni amaliyotga joriy etiş, şuningdek videokonferentsaloqa rejimi orqali jazoni ijro etiş muassasalarida joylaşgan şaxslarni bevosita ular joylaşgan joydan turib sud majlislarida, şuningdek sud rahbariyatining şaxsiy qabullarida iştirokini taʼminlaş hisoblanadi.

Yiğilişda sudlar faoliyatini raqamlaştirişdan közlangan maqsadlar ham sanab ötildi. Xususan, fuqarolar va tadbirkorlar öz nizolarini sud binosiga biron marta ham taşrif buyurmasdan turib hal etiş imkoniyatini yaratiş va boşqa qulayliklarni taqdim etiş közda tutilmoqda.

×