Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining sud raisi O.Ziyavitdinov
va sudyalari F.Madraximov, S.Raximovlar 2022 yil 17 may kuni Monopoliyaga qarşi kuraşiş Namangan viloyat boşqarmasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 yanvardagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilişini taʼminlaş hamda aholining sudlarga bölgan işonçini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-107-sonli Qarori hamda “Monopoliyaga qarşi kuraşiş Qömitasi va hududiy boşqarmalari iştirokidagi körilgan maʼmuriy işlar böyiça sud amaliyoti” mavzularida seminar-trening ötkazildi.
Ötkazilgan seminar treningda Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining sud raisi O.Ziyavitdinov tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 yanvardagi PQ-107-sonli Qarori mazmun mohiyati, qarorga asosan maʼmuriy sudlarning asosiy vazifasi fuqaro va tadbirkorlik subʼektlarning davlat organlari bilan munosabatlarda qonun ustivorligini taʼminlaş bilan bir qatorda ular huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qiliş hisoblanişi haqida tuşunça berdi.
Tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi F.Madraximov tomonidan ötgan davrda monopoliyaga qarşi kuraşiş Qömitasi va hududiy boşqarmalari iştirokida tumanlararo maʼmuriy sudida körilgan işlar haqida töxtalib, soxaviy yöl qöyilgan xato va kamçiliklar boşqarma xodimlari iştirokida muhokama qilinib, tegişli tuşuntirişlar berildi.
Bundan taşqari, tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi S.Raximov tomonidan korruptsiyaga qarşi kuraş soxasidagi qonunçilikka kiritilgan söngi özgartiriş va qöşimçalar haqida iştirokçilarga tuşuntirişlar berildi.
Ötkazilgan seminar-treningda iştirok etgan hududiy boşqarma xodimlari va tadbirkorlik subʼektlari özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olişdi.
O.Ziyavitdinov
Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining raisi









